“Biz elektr energiyasini aholiga tannarxidan ikki barobar arzon sotayotgan davlatmiz” - Alisher Qodirov
“Agar qo‘polroq o‘xshatish qilsak, Qozog‘iston xalqparvar siyosat qilmadi, iqtisodni bozor qoidalari nuqtayi nazaridan jamiyatiga tez kiritib yubordi, lekin biz hanuzgacha elektr energiyasini aholiga tannarxidan ikki barobar arzon sotayotgan davlatmiz. Ya’ni bu xalqparvar siyosat”, – dedi deputat Qozog‘iston va O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni solishtirib.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov Kun.uz sayti tashkillashtirgan davra suhbatida O‘zbekiston va Qozog‘istonning rivojlanishi o‘rtasidagi farqni tahlil qildi. Unga ko‘ra, Qozog‘iston mustaqil bo‘lgach tezda bozor iqtisodiyotiga o‘tib ketdi va bu uning rivojlanishi uchun imkoniyat yaratdi. O‘zbekiston esa hozirgacha xalqparvar siyosat yuritmoqda va bu iqtisodiyotda ma’lum qiyinchiliklarga sabab bo‘lyapti.
“Bugun Qozog‘istonda yalpi ichki mahsulot kishi boshiga hisoblanganda 10 ming dollar bo‘lsa, O‘zbekistonda 1700 dollar atrofida.
Resurslar nuqtayi nazaridan Qozog‘iston va O‘zbekiston orasida katta farq yo‘q. Lekin aholi nuqtayi nazaridan O‘zbekiston ikki barobar oldinda. Bu – rivojlanish uchun Qozog‘istonga imkoniyat berdi. Agar qo‘polroq o‘xshatish qilsak, Qozog‘iston xalqparvar siyosat qilmadi, iqtisodni bozor qoidalari nuqtayi nazaridan jamiyatiga tez kiritib yubordi, lekin biz hanuzgacha elektr energiyasini aholiga tannarxidan ikki barobar arzon sotayotgan davlatmiz. Ya’ni bu xalqparvar siyosat. Xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham. Elektr energiya arzon. Butun iqtisodiyotning lokomotivi bo‘lgan energiya resurslari masalasida biz hamon monopoliyada yuribmiz.
Aholi uchun energetika tariflarini oshirolmaysiz. Masalan, bugun elektr energiyasi 295 so‘m. Uni 550 so‘m qilolasizmi? Yo‘q, chunki odamlarning daromadi yetmaydi. Odamlarning daromadi yo‘q bo‘lishiga sabab nima? Iqtisodiyot rivojlanmagan. Iqtisodiyot rivojlanmasligiga sabab nima? Energiya resurslarimizda aniq o‘yin qoidalari yo‘q. Yirik investorlar bizga kelib pul tikishdan oldin iqtisodiy masalalarni tahlil qilishda birinchi tahliliy masala energiya bilan bog‘liq bo‘ladi. Investor u yerdagi noaniqlik, beqarorlikni ko‘radi va bu rivojlanishimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Biz axborot erkinligini tahlil qilishdan oldin masalaning bu tomonlarini ham o‘ylab ko‘rishimiz va taroziga solishimiz lozim. Undan keyin gapirish kerak”, – dedi Alisher Qodirov.
Kun.uz Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari fikrlari borasida Energetika vazirligi matbuot xizmati bilan bog‘landi. Vazirlik matbuot kotibi Sabina Bekmurodova Qodirov so‘zlarini tasdiqlagan holda chindan ham, elektr energiyasi aholiga tannarxidan ikki barobar arzon yetkazib berilayotganini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Qatar biz uchun noqulay raqib, lekin undan kuchlimiz – Temur Kapadze
Sport | 20:01
-
Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys kechiktiriladi
Jamiyat | 19:55
-
Moskvada OMON migrantlarga kuch ishlatdi. O‘zbekiston TIV va Migratsiya agentligi vaziyatni o‘rganmoqda
O‘zbekiston | 19:46
Mavzuga oid

17:39 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi

16:33 / 06.06.2025
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish boshlandi

15:18 / 02.06.2025
Elektr va gaz narxlarining o‘zgarishi. Bu iste’mol hajmi va ta’minot darajasiga qanday ta’sir qildi?

19:00 / 30.05.2025