16:12 / 27.10.2022
3967

EPSILON (EDC): Ernazar-12 qudug‘idan kuniga 50 ming kubmetr hajmda gaz olinmoqda

Foto: EPSILON

Joriy yil 27 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi Ernazar konining 12-sonli qudug‘ida koltyubingli yuvish va kislotali ishlov berish ishlari amalga oshirilishi natijasida undan sanoat ahamiyatidagi gaz oqimi olindi.

Chiqarilayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun bugun quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi. Ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya me’yorlariga rioya qilingan holda bajarilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Top