20:24 / 11.11.2022
15823

Erdo‘g‘an «Yevropa Ittifoqi eshigi oldidagi» azob-uqubatlarga javob qaytarishini aytdi

«Turk dunyosi bugun kechagidan ko‘ra kuchliroq», dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Samarqandda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida. 

Turkiya davlati rahbari o‘z nutqi davomida mamlakatning Yevropa Ittifoqiga kirishi masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. U Turkiyani yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida «Yevropa Ittifoqi eshigi oldida» ushlab turganlarga kelajakda javob qaytarishini aytdi. 

«Biz 52 yil davomida YeI eshiklarida azob chekishga majbur bo‘ldik. Ular hali ham xuddi shunday qilmoqda. Lekin vaqti kelganda bunga javob qaytaramiz», - dedi Erdo‘g‘an. 

Turkiya 1963 yilda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik shartnomasini imzolagan va 1987 yilda jamiyatga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan. Biroq, a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar faqat 2005 yilda boshlangan va kelishmovchiliklar tufayli bir necha bor to‘xtatilgan. Hozir muzokaralar faylining 35 bobidan 16 tasi ochiq. 

Mavzuga oid
Top