09:17 / 15.11.2022
16216

Zalujniy frontdagi eng qaynoq nuqtalarni ma’lum qildi

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari general Mark Milli bilan telefon orqali suhbatda frontdagi qaynoq nuqtalarni aytib o‘tdi. 

Foto: Picture Alliance

Dushman, Zalujniyning so‘zlariga ko‘ra, Belogorovka-Soledar-Baxmut-Mayorsk va Avdeyevka-Oprosnoye-Vodyanoye-Peski-Marinka-Pavlovka yo‘nalishlarida eng faol hujumni amalga oshirmoqda.

Shu bilan birga, u, umuman olganda, «vaziyat barqaror va nazorat qilinishi mumkin» ekanligini ta’kidladi. 

«Mudofaa kuchlari, okkupatsion qo‘shinlarning qattiq qarshiligiga qaramay, Xarkiv yo‘nalishida hujum amaliyotlarini davom ettirmoqda», — deb yozdi Zalujniy Telegram'da telefon orqali suhbat haqida ma’lum qilib.

Bundan oldin Zalujniy Rossiya armiyasining yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qqa chiqarilganini bildirgandi.

«2022 yil qishi - allaqachon jahon tarixining bir qismiga aylandi», — deb yozgan u o‘zining Telegram-kanalida.

«Dushmanning kuchli zarbasiga dosh berdik. Biz ukrainalik bo‘lish, ozodligimiz uchun kurashish uchun jasoratga ega bo‘lish nimani anglatishini ko‘rsatdik. Shiddatli janglarda, rus snaryadlarining po‘lat yomg‘iri ostida yurtimizning har bir bo‘lagini mahkam ushlab turdik. Biz dushman bosqinini to‘xtatdik va rus armiyasining yengilmasligi haqidagi afsonani yo‘qqa chiqardik. Mana endi o‘zimiznikini qaytaryapmiz. Bizni hech kim va hech narsa to‘xtata olmaydi», deya ta’kidlab o‘tdi Zalujniy.

24 fevral tongida Zalujniyning maqsadi ikkita edi. Birinchidan, Kiyevni ushlab qolish. Ikkinchidan, Rossiya armiyasini mamlakat ichkarisiga jalb etish va uning ta’minot liniyasidagi zaif nuqtalardan foydalanish. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top