22:10 / 17.11.2022
7987

«Jyeyms Uebb» yangi tug‘ilgan yulduzning fotosuratini ko‘rsatdi 

«Jyeyms Uebb» kosmik teleskopi hayratlanarli yangi suratni taqdim etdi. 

Foto: NASA

Unda Savr (Taurus) yulduz turkumidagi L1527 protoyulduzi tasvirlangan.  

Uning atrofidagi gaz va chang bulutlari faqat infraqizil nurda ko‘rinadigan yorqin qum soatini hosil qiladi. Teleskop Near-Infrared Camera (NIRCam) orqali ularni suratga olishga muvaffaq bo‘lgan. 

Ko‘k va to‘q sariq rangli bulutlar yulduz tomonidan moddalar samoga otilganida paydo bo‘ladigan bo‘shliqlarni belgilaydi. O‘z navbatida ular atrofdagi moddalar bilan to‘qnashadi. Bunday bulutlarning rangi teleskop bilan ular orasidagi chang qatlamlarini aks ettiradi. 

L1527 yulduzi 0 sinfiga mansub protoyulduz bo‘lib, uning yoshi taxminan 100 ming yilga teng. Astronomik standartlar bo‘yicha uni juda yosh yulduz deyish mumkin. Shu sababli u hamon chang va gaz bulutlari bilan qoplangan. 

Avvalroq «Jyeyms Uebb» teleskopi Neptun tasvirlari, Yupiterdagi qutb yog‘dulari, «Tarantul» yulduz turkumidagi yulduzlar to‘plamini va hatto uzoq samodagi «barmoq izi»ni ham namoyish etgan edi.

Mavzuga oid
Top