10:07 / 18.11.2022
2343
O‘zbekiston Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro muzokaralar guruhi tuzishni taklif qildi

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi maslahatlashuvlar navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Foto: Dunyo

Tadbir davomida afg‘on inqirozini hal etish, mamlakatga tez fursatda insonparvarlik va boshqa yordam ko‘rsatish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlar muhokama qilindi.

Tomonlar Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, xalqaro hamjamiyat mamlakat yangi hukumatiga nisbatan mujassamlashgan pozitsiyasini ishlab chiqish, Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash, ushbu davlatda turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, energetika va transport-kommunikatsiya sohalarida ko‘mak ko‘rsatish muhimligi qayd etildi.

Tadbir yakunida qo‘shma bayonot qabul qilinib, unda ishtirokchilar O‘zbekiston tomonining BMT shafeligida xalqaro muzokaralar guruhi tuzish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Mavzuga oid
Top