10:21 / 18.11.2022
3208

Yaponiya elchisining O‘zbekistondagi missiyasi yakunlanmoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yaponiyaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyamani diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan qabul qildi.

Foto: Dunyo

V.Norov mehmonni qutlar ekan, elchining O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini qayd etdi. Yoshinori Fujiyama O‘zbekistondagi faoliyati davomida mamlakat jadal rivojlanishiga xizmat qilgan keng ko‘lamli islohotlarga guvoh bo‘lganini ta’kidladi

Qayd etilganidek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi. Oliy darajadagi muloqot faol olib borilmoqda, parlamentlar, hukumatlar, vazirlik va idoralar, bank, moliya va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi almashuvlar ijobiy sur’ati kuzatilmoqda.

Ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari darajasida samarali maslahatlashuvlarni davom ettirish, savdo-iqtisodiy sohada o‘zaro hamkorlik belgilangan mexanizmlaridan izchil foydalanish, madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi tadbirlarni o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Top