15:48 / 05.12.2022
12735

Toshkentdan viloyatlarga avtobuslar qatnovi to‘xtamasligi ma’lum qilindi

Toshkent avtovokzali e’lon qilgan rasmiy e’lon o‘chirib tashlandi. Transport vazirligi shaharlararo avtobuslar harakati belgilangan jadval asosida amalga oshirilayotgani, ob-havo noqulayliklari tufayli avtobuslar harakati to‘xtab qolmasligi uchun barcha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Foto: Transport vazirligi

Transport vazirligi xabarida bugungi qatnovlar ro‘yxati keltirilgan:

  • 15:00 | Toshkent – Urgench (chipta narxi 155 000 so‘m)
  • 16:00 | Toshkent – Qorako‘l. (95 000 so‘m)
  • 17:00 | Toshkent – Uzun (135 000 so‘m)
  • 18:00 | Toshkent – Buxoro (89 000 so‘m)
  • 18:00 | Toshkent – Termiz (119 000 so‘m)
  • 18:30 | Toshkent – Xiva (155 000 so‘m)
  • 18:30 | Toshkent – Denov (125 000 so‘m)
  • 19:00 | Toshkent – Termiz (119 000 so‘m)
  • 19:30 | Toshkent – Buxoro (89 000 so‘m)
  • 20:30 | Toshkent – Buxoro (89 000 so‘m)

Chiptalarni Toshkent avtovokzali chiptaxonalaridan hamda avtoticket.uz yagona interaktiv axborot portali orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin, deyiladi vazirlik axborotida.

Top