08:32 / 05.12.2022
6770
Zelenskiy Ukraina xalqini og‘ir qishda birdamlikka chaqirdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat xalqiga navbatdagi kunlik videomurojaat bilan chiqish qildi.

Foto: Alessio Mamo

Siyosatchi Rossiya sovuq va qiyinchilikni «terrorining bir qismi» qilib, Ukrainaga qarshi qishning xususiyatlaridan foydalanishi va ukrainaliklar yaqin oylarda bunga qarshi turish uchun yanada ko‘proq birdamlik ko‘rsatishi kerakligini aytdi.

Volodimir Zelenskiy fuqarolarni bir-biriga yordam berishga, nizo va janjallardan qochishga chaqirdi. 

Shu bilan birga, u qishni «imtihon sifatida emas, balki vaqt – bizni asosiy narsa – g‘alabaga yaqinlashtiradigan jihat» sifatida qabul qilishni maslahat berdi. 

Butun Ukraina yagona «Buzilmas nuqta»ga aylanishi kerak, deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

Avvalroq, 2 dekabr kuni kechqurun Xerson yana Rossiya qo‘shinlari tomonidan raketa hujumiga uchragandi. 

Xerson viloyati harbiy ma’muriyati boshlig‘i Yaroslav Yanushevichning Telegram-kanaliga ko‘ra, zarbalar paytida elektr tarmoqlari shikastlangan, shahar yana elektr ta’minotisiz qolgan.

Bundan oldin Ukrainada 6 millionga yaqin abonent elektr energiyasiz qolayotgani aytilgandi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi. 

Uning taqdim etgan ma’lumotlarida yozilishicha, Ukraina hududida elektr ta’minoti bilan bog‘liq eng qiyin vaziyat yettita mintaqada kuzatilyapti. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top