22:57 / 06.12.2022
23576

JCh-2022. Marokash penaltilar seriyasida Ispaniyani sensatsion tarzda turnirdan chiqarib yubordi

JCh-2022 nimchorakfinali doirasidagi 7-uchrashuv yakuniga yetib, chorakfinalga yo‘llanma olgan 7-jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Marokash va Ispaniya milliy jamoalari o‘rtasida «Education City Stadium»da kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham kuchlar teng kelib, g‘olib aniqlanmadi – 0:0.

Penaltilar seriyasida esa omad Marokashga kulib boqdi. Sarabiya, Soler va Buskets zarba berishda Bununi dog‘da qoldira olmadi. Yakuniy zarbani esa Hakimi golga aylantirdi. Marokashliklar o‘z tarixida ilk marta chorakfinalga yo‘llanma oldi. 

Shu tariqa, marokashliklar chorakfinalda Portugaliya – Shveytsariya o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

JCh-2022. 1/8 final. 6 dekabr
Marokash – Ispaniya 0:0. Penaltilar seriyasi: 3:0

Marokash – Bunu, Hakimi, Saiss, Agerd (Al-Yamik, 84), Mazraui (Attiyyot-alla, 82), Amrabat, Amalla (Sheddira, 82), Unai, Ziyosh, Bufal (Ez Abde, 66), An-Nosiri (Sobiri, 82).
Ispaniya – Unai Simon, Laport, Rodri, Alba (Balde, 98), Buskets, Pedri, Gavi (Soler, 63), Lorente, Olmo (Fati, 98), Asensio (Morata, 63), Ferran Torres (Uilyams, 75; Sarabiya, 119).
Ogohlantirishlar: Laport (76), Saiss (90).

Mavzuga oid
Top