08:07 / 13.12.2022
8856

Eron O‘zbekistonning Izmir shartnomasini ratifikatsiya qilganiga munosabat bildirdi

Eronning Iran News axborot agentligi “O‘zbekiston prezidenti Izmir shartnomasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi” sarlavhali axborot materialini o‘z mushtariylari o‘rtasida tarqatdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Unda ushbu qonun O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi tomonidan joriy yil 8 noyabrda qabul qilingani va Senat tomonidan 18 noyabr kuni ma’qullangani ma’lum qilingan.

Agentlik Izmir shartnomasi 1996 yil 14 sentabrda Afg‘oniston, Ozarboyjon, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Eron, O‘zbekiston tomonidan imzolangani, ushbu shartnoma Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) ta’sis hujjati hisoblanishini qayd etar ekan, shartnomada Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tashkiliy tuzilmasi, uning maqsadlari va faoliyat tamoyillari, moliyaviy masalalar va tashkilotda qarorlarni qabul qilish tartibi belgilangani o‘quvchilar e’tiboriga havola qilingan.

“O‘zbekiston tomonidan Izmir shartnomasi ratifikatsiya qilinishi Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun huquqiy asos yaratadi, tashkilotga a’zo davlatlar bilan keng hamkorlik qilish imkonini beradi. O‘zbekiston tashkilotda to‘laqonli ishtirok etishi xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish, transport-logistika yo‘laklarini, tranzit yuklarni tashish uchun tariflarni bir xillashtirish yo‘li bilan kengaytirish, mamlakat hududlari sayyohlik jozibadorligini oshirish imkonini beradi”, deb yozadi Iran News axborot agentligi.

Mavzuga oid
Top