11:24 / 14.12.2022
4521

O‘zbekistonda eng ko‘p tug‘ilish holatlari avgust oyida qayd etildi

O‘zbekistonda joriy yil yanvar-noyabr oylari davomida 850 282 nafar bola tug‘ilgani qayd etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda eng ko‘p tug‘ilish holatlari avgust oyi hissasiga (96 182 nafar) to‘g‘ri keladi.

Sentyabrda 92 273, oktyabrda – 85 312, noyabrda – 83 197, iyulda – 79 758, iyunda – 74 975, yanvarda – 71 957, may oyida – 70 452, martda – 67 222, aprelda – 64 535 va fevral oyida – 64 419 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.

Mavzuga oid
Top