09:57 / 29.12.2022
3174

EPSILON (EDC): “Nazarquduq” konidagi ikki quduqdan olinayotgan sanoat darajasidagi miqdor ko‘paytirildi

Foto: Epsilon

Joriy yil 29 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Nazarquduq konining 3-sonli qudug‘ida kislotali ishlov berish hamda quduq tubini sulfanol vositasida yuvish bilan bog‘liq bo‘lgan tiklash ishlari yakunlangach, undan olinayotgan sanoat ko‘lamidagi uglevodorodlar oqimi 60 mingdan 180 ming kubmetr kunlik gaz miqdorigacha ko‘paytirildi

Nazarquduq-2 qudug‘idan esa 30 ming kubmetr kunlik hajmda uglevodorodlar oqimi olindi.

Bugun ikkala quduq gaz tashish tizimiga ulanadi. Kompaniya tomonidan qazib chiqarilayotgan gaz to‘lig‘icha respublika ichki bozoriga sotilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Top