Amrillo Inoyatov sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi
Behzod Musayev endi boshqa vazirlikka rahbarlik qiladi.

Amrillo Inoyatov
Prezidentning tegishli farmoni bilan Amrillo Shodiyevich Inoyatov O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi.
Amrillo Inoyatov 1979 yilda tug‘ilgan. 2001 yil Buxoro davlat tibbiyot institutini, 2005 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida «Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi» mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturani tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2001 yilda Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy-tekshirish laboratoriyasida boshlagan. 2006-2014 yillarda ushbu institutning «Xirurgik stomatologiya» kafedrasi assistenti, mazkur kafedra mudiri, Stomatologiya fakulteti dekani vazifalarida ishlagan.
2014-2020 yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filialining Stomatologiya fakulteti dekani, ushbu filial direktori, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Amrillo Inoyatov 2020 yil iyulida O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
2020 yil 3 noyabrdan buyon sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Vazirlikka 2021 yil kuzidan buyon rahbarlik qilib kelgan Behzod Musayev Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga o‘tkazildi.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
-
Vengriya va O‘zbekiston olimlari yangi dori vositasini ishlab chiqarish ustida ishlamoqda
Fan-texnika | 12:27
-
Toshkentda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:23
-
Sirskiy: Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastidan qisman chiqib ketyapti
Jahon | 12:20
Mavzuga oid

16:28 / 23.09.2024
Behzod Musayev yangi lavozimga o‘tkazildi

16:19 / 23.09.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘zgardi

15:10 / 17.09.2024
“O‘zbek hamshiralari Germaniyaga 2200 yevro topgani jo‘natilmoqda” – Behzod Musayev

18:44 / 08.08.2024