Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda xotinini rashk qilgan er uni motorli arra bilan o‘ldirdi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondor protsessual tarzda ushlangan.

Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida xotinini rashk qilgan erkak unga motorli arra (benzopila) bilan jarohat yetkazib, ayolning o‘limiga sabab bo‘lgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, hodisa 2023 yil 25 yanvar kuni soat 11:30 larda Qarshi tumanida sodir bo‘lgan.
Qarshi tumani, Taraqqiyot mahallasida yashovchi 40 yoshli shaxs yashash uyida turmush o‘rtog‘i 36 yoshli ayol bilan rashk sababli o‘zaro janjallashgan.
Janjal davomida erkak motorli arra bilan ayolning orqa yelka va bo‘yin aralash sohasiga bir necha marta urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda ayol shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, 2023 yil 25 yanvar kuni Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

18:16 / 23.07.2025
“Jilovlanmayotgan” jinoyat: soddalik chegarasi va pixini yorgan firibgarlar

11:06 / 17.07.2025
YPX xodimi suvda cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

11:45 / 04.06.2025
Germaniyada 33 yoshli shaxs Suriyadagi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

22:09 / 23.04.2025