Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil hakerlari butun dunyo bo‘ylab saylovlarni «buzgan»
Jurnalistlar konsorsiumi «Putinga qarshi ishlamaydigan» isroillik hakerlar guruhi mavjudligini oshkor qildi. U o‘nlab soxtalashtirilgan saylov jarayonlariga aloqador.

Foto: Shutterstock
Der Spiegel, ZDF va Die Zeit ishtirokidagi xalqaro jurnalistlar konsorsiumi 15 fevral, chorshanba kuni butun dunyo bo‘ylab saylovlarni manipulyatsiya qilishga ixtisoslashgan «Xorxe jamoasi» hakerlarining maxfiy guruhiga oid tekshiruvni e’lon qildi. Der Spiegel uni «dezinformatsiya sohasidagi ma’naviy erkin yollanma ishchilar guruhi» deb ataydi, o‘z ma’lumotlariga ko‘ra, ular butun dunyo bo‘ylab - asosan Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Amerika va Afrikada 33 ta saylovda faol ishtirok etgan.
Mijozlar niqobi ostidagi jurnalistlar «Xorxe» taxallusi ostidagi guruh rahbari – Isroil maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Tal Xanan bilan uchrashdi. Uchrashuv tashkilotning Quddus va Tel-Aviv o‘rtasida joylashgan Modiin-Makkabim-Reut shahridagi ofisida bo‘lib o‘tdi.
«Xorxe»ning o‘zi va uning xodimlari jurnalistlar uchun bir nechta taqdimotlar o‘tkazdilar, ular davomida manipulyatsiyaning barcha turlari - to‘ldirish, soxtalashtirish, tuhmat, ijtimoiy tarmoqlarni buzish, janjal ko‘paytirish va o‘ylab topish, qora piar kabi xizmatlar bilan tanishtirdi. Hakerlar saylovda manipulyatsiya qilganlik uchun 15 million dollargacha mukofot talab qilmoqda.
Hakerlar ishida, o‘z e’tirofiga ko‘ra, uchta qoidaga amal qilishadi: ular Isroil va AQShdan kelgan buyruqlarni qabul qilmaydi, shuningdek, «Putinga qarshi» harakat qilmaydi. Muvaffaqiyatli manipulyatsiya uchun hakerlar ixtiyorida inson xatti-harakatlariga taqlid qiluvchi 30 000 ta botni boshqaradigan tizim mavjud. Ko‘pgina feyk akkauntlar haqiqiy odamlarning ma’lumotlari, shu jumladan bank hisoblari bilan bog‘langan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
-
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18
Mavzuga oid

11:06 / 14.07.2025
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

18:31 / 13.07.2025
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi

23:05 / 11.07.2025
Isroil armiyasi HAMASning olti nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi

16:35 / 11.07.2025