Qutqaruvchilar uni maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida kanaldan chiqarib oldi.

Foto: FVV matbuot xizmati
3 mart kuni ertalab Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida, «Spark» rusumli avtomobil kanalga tushib ketgan.

FVV xabariga ko‘ra, haydovchi Uchqo‘rg‘on-Qo‘g‘ay yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, «Katta Magol» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanalga tushib ketgan.

Shundan so‘ng, tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib olgan.
Hodisa oqibatida jismoniy jabrlanganlar yo‘q.