17:02 / 17.03.2023
9196
Reklama

Iqtidorli yoshlar uchun ijtimoiy lift: Unicorn 2.0 - PDP University’da bepul o‘qish uchun 9,9 mlrd so‘mlik ta’lim granti

Foto: Unicorn

PDP University IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli yoshlar uchun “Unicorn 2.0”  grantini e’lon qiladi! Ushbu grant quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • PDP University 1-kurs to‘lov shartnomasini 100% gacha qoplash;
  • yotoqxona xarajatlarini qoplash;
  • grant asosida ta’lim olayotgan talabalarning 3 mahalgacha ovqatlashini ta’minlash.

Loyihaning maqsadi — iqtidorli yoshlarga o‘zini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar berish, ularni bepul o‘qitish, aktual bo‘lgan IT sohasini puxta o‘rgatish. Shuningdek, ularning moddiy va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilashga, mahalliy va xorijiy TOP kompaniyalarda faoliyat yuritadigan xalqaro darajadagi mutaxassis bo‘lishlariga, katta StartUp loyihalarni boshlash, ularni boshqarishga qodir, muhim qarorlar qabul qila oladigan shaxs sifatida shakllanishlariga ko‘mak berish.

Foto: Unicorn

“Unicorn 2.0 | Social lift” loyihasi uchun yurtimizdagi yetakchi 11 kompaniya homiylik qilmoqda va ular tomonidan umumiy qiymati 9,9 mlrd so‘mlik ta’lim granti ajratildi.

Grant uchun homiylik qilayotgan kompaniyalar: 

"SIFCO International" MChJ - savdo belgisi: SIFCO International, ALFARUQ, Mervan Development, DECLAS;

"MEGA-TECH SOLUTIONS" MChJ - savdo belgisi: MEGAVAN;

"MURODLI SAVDO" MChJ - savdo belgisi: Union Paper and Board; 

"M-TYRE DISTRIBUTION" MChJ - savdo belgisi: BALLON BY MEGAVAN; 

"7-QURILISH TRESTI" MChJ - savdo belgisi: 7-QURILISH TRESTI; 

"MEGA MOTORS" MChJ - savdo belgisi: MEGAMOTORS; 

"GREEN TECHNOLOGIES COMPANY" MChJ - savdo belgisi: KEDA SureMaker;

"ALEXOR LINE" MChJ - savdo belgisi: Alexor Line.

Foto: Unicorn

Grantni qanday qilib qo‘lga kiritish mumkin?

Nomzodlar Unicorn 2.0 grantini yutib olishlari uchun quyidagi bosqichlardan o‘tishlari lozim:
Hujjat (ariza) topshirish jarayoni. Bundan ishtirokchi maxsus saytda o‘zi haqidagi to‘liq ma’lumotlarni kiritib, berilgan formalarni to‘ldirishi kerak bo‘ladi. 
Nomzod bilan intervyu. Bunda saytga o‘z ma’lumotlarini kiritgan talabgorlar bilan Zoom platformasi orqali yakka tartibga online suhbat o‘tkaziladi.
Maxsus o‘quv dasturi va imtihon. Ushbu bosqichda suhbatdan o‘tgan nomzodlar 2 oylik “Foundation” (dasturlash bo‘yicha fundamental bilimlar) kursini onlayn o‘qishlari va kurs so‘ngida imtihondan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Nomzodlar har bir qabul fazasida 96 kishidan saralab olinib, PDP Academy “Foundation” kursida tahsil olishni boshlaydilar. Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan 140 nafar ishtirokchi yuqorida ko‘rsatilgan grant va imkoniyatlar sohibiga aylanadilar. 

Foto: Unicorn

Hayotingiz davomida necha bor ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy berganingiz, necha bor qulay fursatni o‘tkazib yuborganingizning ahamiyati yo‘q. Muhimi — navbatdagisini qo‘ldan boy bermang. 

Foto: Unicorn

Unicorn — milliard dollarlik kompaniyalar sari ilk qadam...

Web-sayt: university.pdp.uz 
Telegram: t.me/pdpuniversity 
Instagram: instagram.com/pdp.university 
YouTube: youtube.com/@PDPUniversity
Telefon: +998-78-777-77-47 

Reklama

Top