Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni umra ziyoratchilariga katta miqdorda naqd pul olib yurmaslikni tavsiya qildi
Shuningdek, firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Saudiya Arabistoni hukumati umra ziyoratchilariga katta miqdorda naqd pul va qimmatbaho buyumlar olib kelmaslikni tavsiya qildi. Bu haqda Al Arabiya yozdi.
Haj va Umra vazirligi xabarida Saudiya Arabistoniga ketayotgan ziyoratchilarga oltin quymalari, qimmatbaho toshlar va umuman qimmatbaho metallar olib kelmaslik va 16 ming dollardan (60 ming riyol) ko‘p bo‘lmagan naqd pul olib yurish tavsiya qilindi.
Shuningdek, rasmiylar ziyoratchilarni bank ilovalarini rasmiy veb-saytlardan yuklab olish, bank hisob raqami ma’lumotlarini oshkor qilmaslik yoki noma’lum shaxslarga pul o‘tkazmaslik, noma’lum manbalardan kelgan SMS xabarlarga e’tibor bermaslikka chaqirdi.
Agar ziyoratchilar firibgarlarga yo‘liqsa yoki ularning qurboni bo‘lsa, bu haqda vazirlik yoki tegishli idoralarga xabar berish tavsiya etildi.
Mart oyi boshida vazirlik odamlar oqimini kamaytirish hamda ziyoratchilarga qulay bo‘lishi uchun musulmonlarni Ramazon oyida faqat bir marta Umra ziyoratiga borishga chaqirgan edi.
Umra - Makkaga islomiy ziyorat bo‘lib, hajdan tashqari yilning istalgan vaqtida amalga oshirilishi mumkin.
Mavzuga oid
21:10 / 30.06.2026
Al Kaponedan Gulnora Karimovagacha: “Kir pullar” qanday yuviladi?
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
11:00 / 27.06.2026
Tibbiyot muassasalariga ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarliklar aniqlandi
16:35 / 23.06.2026