Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Ukraina qarshi hujum uchun 40 ming yangi askar tayyorlamoqda
Foto: Reuters
Ukraina qurolli kuchlari Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan hududlarni qaytarib olish uchun o‘tkaziladigan qarshi hujumga 40 ming kishini tayyorlamoqda. Bu haqda Reuters reportajida gap boradi, agentlik muxbirlari yangi chaqirilgan askarlar hamda ularni o‘qitayotgan harbiylar bilan suhbatlashgan.
Shturm bo‘linmalariga «Stalnaya granitsa» (Po‘lat chegara), «Uragan», «Spartanets», «Chervona Kalina», «Rubej» (Chegara), «Yarost» (G‘azab), «Azov» va «Kara-Dag» nomlari berilgan.
«Stalnaya granitsa» bo‘linmasiga 2022 yil bahorida Mariupol mudofaasi vaqtida Ukraina chegarachilariga boshchilik qilgan Valeriy Paditel qo‘mondonlik qiladi. «Azovstal» mudofaasi qulagach, uni asirga olishgandi, sentabrda esa u Moskva va Kiyev o‘rtasidagi asirlar almashinuvi doirasida ozod etiladi.
Armiyaga yangi chaqirilganlar va ularga tahsil berayotgan harbiylar Reuters muxbirlariga aytishicha, qarshi hujum yaqin haftalar yoki oylar ichida boshlanishi kutilmoqda.
- Ukraina IIV fevral oyida «Hujum gvardiyasi» nomi ostida harbiy xizmatchilarni yollash kampaniyasi boshlanganini e’lon qilgandi. Ukraina Milliy gvardiyasi vakili mart oyi oxirida «Hujum gvardiyasi»ga yozilish uchun 35 mingdan ortiq murojaat kelib tushganini ma’lum qildi. Ukraina IIV rahbari Igor Klimenko ko‘ngillilar orasida sobiq harbiy va politsiyachilar ham, jangovar tajribaga ega bo‘lmaganlar, jumladan ayollar ham borligini aytgan.
Mavzuga oid
13:21 / 23.12.2025
NATO bosh kotibi Ryutte Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
11:03 / 23.12.2025
Revolut mamlakat qonunlari sabab ukrainaliklar hisobraqamlarini yopadi
20:13 / 22.12.2025
Vens: Ukraina baribir Donbassni boy berishini tushunib turibdi
19:54 / 22.12.2025