09:34 / 04.05.2023
5229

Koreya bilan chiqindi gazidan elektr energiyasi olishga doir bitim imzolandi

Janubiy Koreya kompaniyasi bilan chiqindi gazidan elektr energiyasi olishga doir bitim imzolandi.

Foto: Dunyo

27-28 aprel kunlari poytaxtda bo‘lib o‘tgan ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF-2023) doirasida O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligi va Janubiy Koreyaning Sejin G&E So., LTD. kompaniyasi o‘rtasida qiymati 55 million dollariga teng bitim imzolandi.

Mazkur bitim maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishga qaratilgan.

16 MVt.gacha elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyiha Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi chiqindi poligonida amalga oshiriladi. Bu – chiqindi gazidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan Markaziy Osiyodagi yagona stansiya bo‘ladi.

Top