Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlarni urushga jo‘natish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda
Agar qonun qabul qilinsa, Rossiya fuqaroligiga ega migrantlar safarbarlikka yoki harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin.
Rossiya Kommunistik partiyasidan Davlat Dumasi deputati Mixail Matveyev Rossiya fuqaroligiga ega migrantlarni Ukrainadagi urush hududiga yuborishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini ishlab chiqayotganini aytdi. U hujjatni Davlat Dumasiga taqdim etish muddatiga aniqlik kiritmadi.
«Gap migrantlarni Rossiya armiyasi qismlari o‘rtasida taqsimlash maqsadida safarbarlik va harbiy xizmatga chaqirish imkoniyati haqida ketyapti. Bunda ular har bir vzvodda 2-3 nafardan ortiq bo‘lmasligi kerak, chunki «mahalliychilik» qilib, harbiy intizomni buzmasligi uchun... Bundan tashqari, ulardan front chizig‘idagi qurilish otryadlarida foydalanish haqida ham ketyapti», deb yozdi parlament a’zosi ijtimoiy tarmoqda.
Hozirgi vaqtda Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, ikki fuqarolikka ega bo‘lganlar muddatli harbiy xizmatga chaqirilmaydi, faqat shartnoma imzolash orqali Qurolli kuchlar safiga ko‘ngilli sifatida qo‘shilishi mumkin. Matveyev fikriga ko‘ra, bu noto‘g‘ri va yangi qonun buni bartaraf qilishga qaratilgan. Shu bilan birga Rossiya fuqaroligini olgan migrantlar xuddi rossiyaliklar kabi majburiyatlarga ega bo‘lishi lozim.
«Nega endi ularga Rossiyaning boshqa xalqlaridan farqli ravishda imtiyozlar berilishi kerak?», deb yozdi u.
Avvalroq, Rossiyaning ba’zi hududlarida Ukrainadagi harbiy harakatlarda ishtirok etayotgan xorijliklar uchun to‘lovlar joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilina boshlagan edi.
Shu bilan birga, 2022 yil yozida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolarini harbiy harakatlarda ishtirok etganlik uchun jinoiy javobgarlik borligidan ogohlantirgan edi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026