Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prigojin Baxmut «to‘liq» ishg‘ol etilganini aytdi, Ukraina buni rad qildi
Rossiya rasmiylari esa hozircha izoh bermadi.
«Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin Ukrainaning Baxmut shahri «to‘liq» ishg‘ol etilganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu 20 may kuni tushda sodir bo‘lgan. Prigojinning Ukraina shahri vayronalari fonida qo‘lida Rossiya bayrog‘i bilan turgani aks etgan video uning matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
Videoda u «Baxmut go‘sht maydalagichi» deb atagan Baxmutni ishg‘ol etish operatsiyasi 2022 yil 8 oktyabrda «jabrlangan Rossiya armiyasining o‘ziga kelishi uchun» boshlangani va 224 kun davom etganini ta’kidlagan.
U qo‘shimcha ravishda bu operatsiya faqat «Vagner» tomonidan amalga oshirilganini aytdi.
«Bu yerda Konashenkov aytganidek, havo-desant kuchlari yoki bizga yordam bera oladigan boshqa hech kim yo‘q edi. Biz o‘zimizga o‘zimiz yordam berdik», dedi Prigojin.
Shuningdek, «Vagner» rahbari 25 maydan boshlab jangchilari «dam olish va qayta tayyorgarlikdan o‘tish» uchun shahardan olib chiqilishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bundan oldin «mudofaa chiziqlari» yaratiladi va Rossiya harbiylariga topshiriladi. Uning yollanma jangchilari esa «Rossiyaga yordam kerak bo‘lganda» qaytib keladi.
Shu bilan birga, Ukraina Qurolli kuchlari Sharqiy guruhi vakili Sergey Cherevatiy Prigojinning bayonotini rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina harbiy qismlari Baxmutning janubi-g‘arbiy qismida turibdi va o‘z pozitsiyalarini himoya qilmoqda. Shu bilan birga «dushmanning shaharni ishg‘ol etishishga yo‘l qo‘ymaydi».
Ukraina mudofaa vazirining o‘rinbosari Anna Malyar Ukraina Qurolli kuchlari Baxmutdagi «Samolyot» kvartalini va unga tutash xususiy sektorni egallab turganini ta’kidladi.
Rossiya rasmiylari Prigojinning bayonotlariga hozircha izoh bermadi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026