23:17 / 31.05.2023
20203

Janubiy Koreya razvedkasi sun’iy idrok yordamida Kim Chen In vaznini hisoblab chiqdi 

Shimoliy Koreya yetakchisi vazni 140 kg dan oshadi va u uyqusizlikdan aziyat chekmoqda. 

Foto: Getty Images

Janubiy Koreya davlat razvedka boshqarmasi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni sun’iy intellektdan foydalangan holda baholadi, deb xabar berdi Yonhap. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, fotosuratlar va videomateriallar tahlili asosida Shimoliy Koreya yetakchisining vazni haqida taxmin qilingan. 

«16 may kuni omma oldida nutq so‘zlagan Kim Chen Inda charchoq alomatlari ko‘rindi, ko‘zlari ostida aniq qora doiralar bor edi. Sun’iy idrok yordamida uning vaznini tahlil qildik. Uning vazni 140 dan 150 kilogrammgacha ekanligi ko‘rsatildi», dedi Janubiy Koreya «Fuqarolik kuchlari» hukmron partiyasi vakili Yu San Bom razvedka ma’lumotlariga tayanib. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Seul Kim Chen Inni nafaqat ortiqcha vazndan, balki uyqusizlikdan ham aziyat chekmoqda, deb gumon qilmoqda. Shuningdek, unda teri kasalligi va allergiya borligi ham istisno qilinmayapti. 

«O‘tgan yilning oxiridan beri Kimning qo‘llarida tirnalgan va ko‘kargan joylar doimiy ravishda ko‘rinmoqda. Bu allergiya va stressdan kelib chiqqan dermatitning kombinatsiyasi deb taxmin qilinyapti», dedi Yu San Bom. 

Avvalroq KXDR yetakchisining singlisi, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Chjon mamlakatdagi «isitma» epidemiyasi vaqtida akasi og‘ir kasal bo‘lib qolganini ma’lum qilgandi. 

Mavzuga oid
Top