2023 yilning eng chiroyli smartfonlari e’lon qilindi
Ro‘yxatga Xiaomi, Google, Huawei, Vivo, Meizu, Oppo, Tecno va Samsung modellari kiritilgan.
GizmoChina portali bozordagi eng chiroyli ko‘rinishga ega 9 ta qurilmani tanladi.
Ro‘yxatga Xiaomi, Google, Huawei, Vivo, Meizu, Oppo, Tecno va Samsung modellari kiritilgan. E’tibor bering, ushbu reyting smartfonlarning faqat tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq.

Xiaomi yoshlar uchun mo‘ljallangan Civi smartfoni dizaynini yangiladi. Civi 3 orqa tomonida dumaloq kameralar majmuasi joylashgan bo‘lib, korpusi ikki rangli dizaynda ishlangan. Bu yangicha va o‘ziga xos ko‘rinadi. Telefonning yuqori va pastki qismiga cho‘zilgan egri ekran alohida e’tiborga loyiqdir, qo‘lga qulay tarzda joylashadigan va ekranning ajoyib ko‘rinishini ta’minlaydigan tor korpus ham bor. Teksturali dizayn va innovatsion xususiyatlar Civi 3 modelini estetika va funksionallikni muvozanatlashtirmoqchi bo‘lganlar uchun mukammal tanlov.

Noyob orqa kamera kesmasi va qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan murakkab dizayni bilan Google Pixel 7 Pro ham nafis. Smartfonni qo‘lda ushlab turish ham qulay, uning yaltiroq qoplamasi «vizual jozibadorlikni kuchaytiradi».

Huawei P60 Art modeli g‘ayrioddiy ko‘rinishdagi kamera bloki tufayli darhol e’tiborni tortadi – ishlab chiqaruvchining o‘zi uni okean orolining konturlari bilan solishtiradi. Moviy va oltin ranglari ham vizual joziba bag‘ishlaydi.

Eng chiroyli smartfonlar reytingi rangini o‘zgartiradigan orqa panelli Vivo V27 Pro modelisiz to‘liq bo‘lmaydi. Agar smartfon soyada bo‘lsa, korpus hech qanday tarzda o‘zgarmaydi. Qurilma faqat quyosh nurlari ostida rangini o‘zgartiradi.

Bu yilgi yangi Galaxy S23 Ultra eksklyuziv ranglarga ega bo‘ldi: ko‘k, kulrang (grafit), sariq va qizil.
2023 yilning eng chiroyli smartfonlari qatoriga Meizu 20 Pro, Vivo X Flip, Oppo Find X6 Pro va Tecno Phantom X2 Pro ham kirdi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
Mavzuga oid

10:48 / 24.04.2025
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi

09:03 / 21.04.2025
iPhone 17 Pro g‘ilofi suratlari smartfon kamerasi dizaynini oshkor qildi

20:48 / 16.04.2025
Rossiyada dirijabllar davri qaytgani e’lon qilindi

17:30 / 29.03.2025