Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh qora ro‘yxatiga tushgan 2ta o‘zbek kompaniyasi YeI sanksiyalariga ham uchradi
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan Alfa Beta Creative va GFK Logistic Asia MChJni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bir manzilda joylashgan bu ikki kompaniya Rossiya harbiy sanoatini qo‘llab-quvvatlaganlikda gumonlanmoqda.
Bugun, 23 iyun kuni, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 11-paketini qabul qildi.
YeI sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya harbiy sanoatini qo‘llab-quvvatlaganlikda gumon qilingan yana 87ta kompaniya va tashkilot qo‘shildi. Yangilangan ro‘yxatga Rossiya va Eron korxonalaridan tashqari, Xitoy, O‘zbekiston, BAA, Suriya va Armanistonda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar ham kiritilgan.
Xususan, Yevroittifoq qora ro‘yxatida O‘zbekistondan Alfa Beta Creative va GFK Logistic Asia kompaniyalari joy olgan. Ular sanksiyalarni chetlab o‘tgan holda Rossiya mudofaa sanoati ehtiyojlari uchun mahsulot sotib olishga uringanlikda ayblanmoqda.
Avvalroq, AQSh hukumati ham mazkur ikki kompaniyaga nisbatan sanksiya qo‘llagandi.
Korxona va tashkilotlarning yagona reyestriga ko‘ra, bu ikki MChJ bir manzilda – Toshkent shahri Shayxontohur tumani Navoiy ko‘chasi 16A-uyda joylashgan.
Alfa Beta Creative 2022 yil 6 iyunda ro‘yxatga olingan. Ustav kapitali – 2 mln so‘m. Asosiy faoliyat yo‘nalishi – “boshqa turdagi ofis texnikalari va uskunalarining ulgurji savdosi”. Ta’sischisi – Svetlana Karimovna Haydari.
GFK Logistic Asia 2018 yil 28 martda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ustav kapitali – 200 mln so‘m. Asosiy faoliyat yo‘nalishi – “quruqlik transporti sohasidagi xizmatlar”. Ta’sischilari – GFK Logistic Asia (80 foiz) va Grabilin Oleg Valeriyevich (20 foiz).
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning iyun oyida AQSh Davlat departamenti tomonidan 100 foiz ulushi Oleg Grabilinga tegishli bo‘lgan Promcomplektlogistic korxonasiga ham cheklovlar joriy qilgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 05.06.2026
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
08:48 / 03.06.2026