Amerikalik amaldorlar Sergey Lavrov bilan urushni tugatish ssenariylarini muhokama qildi - OAV
Muzokaralar chog‘ida «Ukrainadagi urushning eng dolzarb masalalari» muhokama qilingani aytildi.

Foto: AFP
Qo‘shma Shtatlarning bir guruh sobiq amaldorlari Kremlga aloqador yuqori martabali rossiyaliklar bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar berdi NBC News. Ta’kidlanishicha, ulardan biri Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bo‘lgan, uchrashuv aprel oyida Nyu-Yorkda o‘tkazilgan.
Muzokaralar chog‘ida «Ukrainadagi urushning eng dolzarb masalalari» muhokama qilingan. Jumladan, Ukraina Qurolli Kuchlari ehtimol ozod qila olmaydigan Ukraina hududlari taqdiri va barcha tomonlar uchun maqbul bo‘lgan sulh bo‘yicha muzokaralarni boshlash shartlari.
Muhokama haqida AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati xabardor bo‘lgan, ammo hech qanday ko‘rsatma bermagan. Bunday uchrashuvlar qanchalik tez-tez bo‘lishi ma’lum emas. Shuningdek, Amerika delegatsiyalari ham Rossiyaga shunday uchrashuvlar uchun borgan.
Muhokama jarayonida Sergey Lavrovdan tashqari rossiyalik ekspert va olimlar, shuningdek, Vladimir Putinning fikrini tinglashi mumkin bo‘lgan yirik ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari ham ishtirok etgan. NBC News bu odamlar xavfsizligini o‘ylab, ismlarini oshkor qilmadi.
Avvalroq, iyun oyida AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) rahbari Uilyam Byorns Kiyevga maxfiy tashrif bilan borgani va unga Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududlarini qaytarish rejasi taqdim etilgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Qrim chegarasigacha bo‘lgan hududlarni qaytarib olishi va u yerda artilleriya va raketa tizimlarini o‘rnatishi kerak. Shundan so‘ng, yarim oroldagi rus qo‘shinlari, shuningdek, Rossiya Qora dengiz floti uchun xavf tug‘dirgan Ukraina go‘yoki Qrimni kuch bilan qaytarishdan voz kechishi va Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni boshlashi lozim.
Keyinroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Byornsning Kiyevga tashrifini tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, MRB bilan aloqalar «har doim parda ortida bo‘lishi kerak».
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

00:44
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi

22:07 / 03.06.2025
Rossiyalik fermerlar qozoq sayg‘oqlari tufayli Putindan yordam so‘radi

21:06 / 03.06.2025
Eron uranni boyitishni taqiqlashni «qizil chiziq» deb atadi

21:02 / 03.06.2025