Ukraina qarshi hujumning ilk haftalarida harbiy texnikaning 20 foizini yo‘qotdi - OAV
Hozir Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya armiyasining orqa tarafiga raketa va artilleriya zarbalari berishga urinmoqda.

Foto: New York Times
Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumning dastlabki ikki haftasida G‘arb tomonidan yetkazib berilgan tanklar va zirhli transportyorlar kabi harbiy texnikaning 20 foizini yo‘qotdi. Bu haqda New York Times yozdi.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari ilk hujumdan keyin katta yo‘qotishlarga uchragan, so‘ngra vaziyatni baholash maqsadida hujumni sekinlashtirgan. Keyingi haftalarda Ukraina qo‘mondonligi taktikani o‘zgartirgan, natijada jangovar yo‘qotishlar sezilarli darajada kamaygan. Bu esa Ukraina Qurolli Kuchlariga navbatdagi zarba uchun ko‘proq qo‘shin va texnikani tejash imkonini bergan.
Hozir Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya armiyasining orqa tarafiga raketa va artilleriya zarbalari berishga urinmoqda. Shu bilan birga, hujum sur’ati pasaygan, ba’zi hududlarda esa butunlay to‘xtagan.
Nashrning ta’kidlashicha, qarshi hujum haqida xulosa chiqarishga hali erta. NATO bosh kotibining sobiq yordamchisi Kamil Grand so‘zlariga ko‘ra, Qurolli kuchlarning yo‘qotishlari va hujumning sekinlashuvi «qarshi hujumning muvaffaqiyatsizlikka mahkum» ekanini anglatmaydi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy BBC News telekanaliga bergan intervyusida Qurolli kuchlarning hujumi «ko‘ngildagidan sekinroq kechayotganini» tan oldi. Sabablari haqida gapirar ekan, Zelenskiy minalangan maydonlar hujumni sekinlashtirayotganini ta’kidladi – uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar Ukraina hududining 200 ming kvadrat kilometrga yaqin qismini minalashtirgan.
Ukraina bosh vaziri Denis Shmixal The Guardian gazetasiga bergan izohida, Qurolli kuchlar hujumga qanday tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, rossiyaliklar ham mudofaaga shunchalik hozirlik ko‘rgani, shu bois Ukraina qo‘shinlarining oldinga siljishi kutilganidan ham sekinroq ekanini aytdi. Shuningdek, u hujumning muvaffaqiyatiga shubha qilmasligini qo‘shimcha qilib, buning uchun «vaqt kerak ekanini» ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES quriladi
O‘zbekiston | 17:35
-
Birlik sari 71 qadam. Turkiy liderlar ilk marta Vengriyada yig‘ildi
Jahon | 17:20
-
"Biznesni rivojlantirish banki" biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda
O‘zbekiston | 17:00
-
Prezident akademik Azimboy Sa’dullayev vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi
Jamiyat | 16:45
Mavzuga oid

16:43
Zelenskiy Putin va Tramp bilan uchtomonlama uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi

15:30
AP: Rossiya qamoqxonalarida 200 dan ortiq ukrainalik harbiy asir halok bo‘ldi

14:38
Samsung Display Rossiya metallarini sotib olishni to‘xtatdi

13:11