«Kapitoliyga hujum» ishi doirasida Trampga uchta ayblov qo‘yiladi – OAV
Maxsus prokuror Jyek Smit unga federal tergov ostida ekani haqida xabar bergan.

Foto: AP
AQSh Adliya vazirligi sobiq prezident Donald Trampga 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga bostirib kirish ishi bo‘yicha uchta ayblov qo‘ydi. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Yangi ayblovlar AQSh rasmiylarini aldash maqsadida jinoiy til biriktirish va guvohlarga ta’sir o‘tkazish bo‘yicha moddalarni o‘z ichiga oladi. Endi sud Adliya vazirligi ayblovlarini tasdiqlashi kerak.
18 iyul kuni Tramp o‘z tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirgan 2021 yil 6 yanvardagi voqealarga aloqadorlikda ayblanib, hibsga olinishini kutayotganini aytdi. Maxsus prokuror Jyek Smit unga federal tergov ostida ekani haqida xabar bergan.
Tramp so‘zlariga ko‘ra, u kengaytirilgan hakamlar hay’ati yoki «katta hakamlar hay’ati» deb ataladigan jyuri oldida chiqishi lozim. Bu esa «deyarli har doim hibsga olinishi va ayblov e’lon qilinishini» anglatadi.
Bu Trampga qarshi uchinchi jinoiy ayblovdir.
Avvalroq, u yozuvchi Jan Kerrollga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik va tuhmatda aybdor deb topilgan edi. Sud uni jabrlanuvchiga 5 million dollar tovon puli to‘lashini tayinladi.
Trampga qarshi yana bir ish maxfiy hujjatlarni saqlash bilan bog‘liq. 2023 yil 9 iyun kuni AQSh prokuraturasi tegishli ayblovni qo‘ygan edi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Radarlar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46
-
Bir qancha avtovokzal va avtostansiyalarga yangi nom berish taklif etildi
O‘zbekiston | 16:21
-
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 16:16
-
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05
Mavzuga oid

13:58
Rubio: Faqat Tramp-Putin uchrashuvi natija beradi

11:02
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi

01:16
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi

20:49 / 15.05.2025