Armaniston Tog‘li Qorabog‘ni Ozarboyjonning bir qismi deb tan olish shartini ma’lum qildi
Buning uchun u yerda yashovchi armanlarning huquqlari va xavfsizligi masalalari hal etilishi kerak.
Yerevan Tog‘li Qorabog‘ni Ozarboyjonning bir qismi sifatida tan olishga tayyor, biroq u yerda yashovchi armanlarning huquqlari va xavfsizligi masalalari hal etilishi kerak. Bu haqda Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan YeXHT Doimiy kengashining Venadagi navbatdan tashqari yig‘ilishida aytdi.
«Armaniston Ozarboyjon bilan munosabatlarni normallashtirish va mintaqada tinchlik davrini ochish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirish tarafdori. Ishonchimiz komil, tomonlar mojaroning asosiy sabablarini hal qilishga maksimal darajada tayyor bo‘lsa, mintaqada barqaror tinchlik o‘rnatilishi mumkin. Asosiy masala – Tog‘li Qorabog‘dagi arman aholisining huquqlari va xavfsizligi», dedi vazir.
Armaniston bosh vaziri so‘zlariga ko‘ra, Yerevan «Tog‘li Qorabog‘ni o‘z ichiga olgan 86,6 ming kvadrat kilometrlik Ozarboyjon hududini tan olishga tayyor, biroq Tog‘li Qorabog‘ armanlarining huquqlari va xavfsizligi muammosi Stepanakert-Boku formatida, xalqaro muloqot doirasida muhokama qilinishi lozim».
«Ozarboyjonning hududiy yaxlitligini tan olish Tog‘li Qorabog‘da etnik tozalash o‘tkazish huquqini berish sifatida talqin qilinmasligi kerak», dedi Mirzoyan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘ muammosini o‘zining ichki ishi sifatida da’vo qilmoqda. Biroq, gumanitar inqirozning ko‘rsatishicha, samarali xalqaro mexanizmlarsiz Tog‘li Qorabog‘da birorta ham arman yashay olmaydi.
«Armaniston Ozarboyjondan Lochin yo‘lagini ochishini, transport vositalari, yuklar va odamlarning to‘siqsiz harakatlanishini, Tog‘li Qorabog‘ga insonparvarlik yordamini yetkazilishini kutmoqda», dedi Mirzoyan.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
17:29 / 12.11.2024
Mirziyoyev BMT miqyosida Daryo ekotizimlarining butunligi deklaratsiyasini tuzishga chaqirdi
23:45 / 11.11.2024