Hindistondagi Toj-Mahal suv toshqini xavfi ostida qoldi
Suv toshqinlari dunyoga mashhur Toj-Mahal majmuasi ostonasiga yaqinlashdi.

Foto: AFP
Misli ko‘rilmagan yomg‘irlar tufayli Hindiston daryolari qirg‘oqlaridan toshib ketdi. Toshqinlar dunyoga mashhur Toj-Mahal majmuasi ostonasiga yaqinlashdi. Kuzatuv maydonchasi va yerto‘lalar allaqachon suv ostida qolgan. Bu haqda MIR 24 xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Ganga daryosining irmoqlaridan biri bo‘lgan Yamuna qirg‘oqlaridan toshib ketgan. Suv mamlakatning asosiy ramzlaridan biri – Toj-Mahal masjid-maqbarasi devorlariga yetib borgan. Kuzatuv maydonchasi va bog‘ni suv bosgan. Suv sathi ko‘tarilishda davom etmoqda.
Toj-Mahal «Saroylar toji» deb ataladi. U deyarli 400 yoshda. 74 metrlik oq marmar majmuani Shohjahon marhum rafiqasi xotirasiga bag‘ishlab qurgan. Toj Mahal yigirma yil davomida 20 ming kishi tomonidan barpo etilgan. Bugungi kunda u Hindistonning asosiy diqqatga sazovor joyidir.
Oxirgi marta Toj-Mahal 1978 yilda loyqa suvga «cho‘milgan» edi. Toshqindan keyin ma’muriyat daryo bo‘yiga to‘g‘on qurdi. Biroq bu yil suv sathi allaqachon xavfsiz darajadan yarim metrdan oshib ketgan.
Ba’zi mutaxassislar yodgorlikning tashqi devorlari xavf ostida ekanini aytmoqda. Boshqalar, ziyoratgoh suv toshqinidan faqat mustahkamroq bo‘lishiga ishonadi. Bino poydevorida deodar sadr daraxti mavjud bo‘lib, u namlikdan faqat mustahkamroq bo‘ladi.
Ayni paytda, Hindiston shimolida musson yomg‘irlari ikki haftadan beri davom etmoqda. Ular so‘nggi 20 yil ichida eng kuchlisi deb baholanyapti. Ko‘chki, sel, suv toshqinlari, yo‘llardagi o‘pirilishlar tufayli allaqachon 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

23:37 / 10.05.2025
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi

18:08 / 10.05.2025
Hindistonlik o‘qituvchilarga maktabda xivich bilan yurishga ruxsat berildi

17:43 / 10.05.2025
Hindiston va Pokiston AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi

08:58 / 10.05.2025