Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi yuqori hududlar ma’lum qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari – kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan hududlar.
Foto: LiveJournal
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi bo‘yicha statistikani (.pdf) e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2023 yilning dastlabki 6 oyi ma’lumotlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi kambag‘allik darajasi eng yuqori hudud ekani ma’lum bo‘ldi — 19,7 foiz. Undan keyingi o‘rinlarni Sirdaryo (19,5) va Xorazm (19,1) viloyatlari egallab turibdi.

Kambag‘allik darajasi past bo‘lgan hududlarga Toshkent shahri (8,5 foiz), Navoiy (9,2 foiz) va Buxoro (11,9 foiz) viloyatlari kiritilgan.
Qayd qilinishicha, O‘zbekistonda bugungi kunda 1,3 milliondan ortiq oila kambag‘al hisoblanadi, kambag‘allik darajasi 14,1 foizni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
15:47 / 02.04.2026
100 yil oldingi tashabbuslar: jadidlar kambag‘allikka qarshi qanday kurashgan edi?
15:51 / 05.03.2026
O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi 715 ming so‘m deb belgilandi
21:24 / 17.02.2026
Ramazon oyida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik yordam beriladi
14:59 / 31.01.2026