Germaniya o‘nlab nemislar Rossiya-Ukraina urushida jang qilayotganini tan oldi
Ularning bir qismi Rossiya tarafida, boshqa qismi Ukraina tarafida urushda qatnashmoqda.

Foto: pa/dpa/TASS/Yuri Smityuk
Bir necha o‘nlab nemis ekstremistlari Ukrainadagi janglarda ishtirok etmoqda, ularning aksariyati Rossiya tomonida. Bu haqda Welt nashri so‘roviga ko‘ra Germaniya Federal ichki ishlar vazirligi ma’lumot berdi.
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri nemis huquq-tartibot idoralari xodimlari Germaniyadan «ekstremizm yoki siyosiy motivli jinoyatlarga aloqador» 61 kishining chiqib ketganini qayd etdi. Ular orasida o‘ng qanot ham, so‘l ekstremistlar ham bor.
Ulardan kamida 39 nafari «harbiy harakatlarda qatnashish niyatida» Germaniyani tark etgan: 27 nafari Rossiya tomonida, 12 nafari Ukraina tomonida. Berlin ularning harbiy harakatlardagi ishtiroki haqida aniq ma’lumotlarga ega.
Welt nashrining qayd etishicha, Ukrainada jang qilayotgan nemislarning haqiqiy soni ancha ko‘p. Masalan, Bundesverning ko‘plab sobiq askarlari Ukraina armiyasi tarkibidagi xalqaro legionga qo‘shilgan. Biroq, Germaniya rasmiylari faqat ekstremizm bilan bog‘liq odamlar haqida ma’lumot to‘playdi.
Ukrainadagi harbiy harakatlarda qatnashish faktining o‘zi Germaniya qonunlari bilan jazolanmaydi, chunki bu muntazam armiyalarda xizmat qilish masalasidir. Biroq, «ko‘ngilli otryadlar» yoki «partizanlar» bilan bog‘liq vaziyat boshqacha, chunki ularda ishtirok etish «yollanish» deb tasniflanishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi vakili xabar bergan.
Ammo nemis deputati Roderix Kizevetter bu holatni tanqid qilmoqda.
«Ukrainaga hujumda ishtirok etish uchun Rossiya qurolli kuchlari yoki terroristik guruhlariga ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan odamlar yoki ekstremistlar Germaniyaga qaytganlaridan keyin jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak», dedi u. Deputat so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonida urushda qatnashishning o‘zi «urush jinoyatlari va inson huquqlari buzilishida tizimli ishtirok etish»ni nazarda tutadi.
Ukraina va Rossiya qonunchiligi boshqa davlat fuqarolarining armiyada xizmat qilishi va jangovar harakatlarda qatnashish imkoniyatini nazarda tutadi. Xalqaro huquq ham bunday imkoniyatga yo‘l qo‘yadi, lekin alohida davlatlar o‘z fuqarolariga boshqa davlat armiyasida xizmat qilishni, harbiy harakatlarda qatnashishni taqiqlashi mumkin.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

23:03 / 23.05.2025
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov

21:59 / 23.05.2025
Finlandiya parlamenti bosh kotibi davlatga xiyonatda gumonlanmoqda

21:14 / 23.05.2025
Rossiya va Ukraina 390 nafar asirni almashtirdi

20:41 / 23.05.2025