O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar reytingida 30-o‘ringa ko‘tarildi
Shu jumladan, ma’lumotlar to‘liqligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha 46-o‘rinda, ma’lumotlar ochiqligi bo‘yicha 25-o‘rinda qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 195 ta mamlakat orasida 70 ball bilan 30-o‘ringa ko‘tarildi, hamda Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni saqlab qoldi. Bu haqda Open Data Watch hisobotida ma’lumot berildi.
Open Data Inventory (ODIN) – mamlakatning rasmiy statistikasi qanchalik to‘liq ekani va undagi ma’lumotlar xalqaro ochiqlik standartlariga mos kelishini baholaydi.
O‘zbekiston 2022 yilgi ochiq ma’lumotlar inventarizatsiyasida umumiy 70 ball to‘plab, 30-o‘rinni egalladi. Shu jumladan, ma’lumotlar to‘liqligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha 46-o‘rinda (Markaziy Osiyoda 2-o‘rin) va ma’lumotlar ochiqligi bo‘yicha 25-o‘rinda (Markaziy Osiyoda 1-o‘rin) qayd etildi.
Statistika agentligi ushbu reytingni yurituvchi Open Data Watch tashkiloti bilan 2019 yildan boshlab hamkorlik qilmoqda.
ODIN reytingida eng yuqori ko‘rsatkichga Singapur, Polsha va Daniya erishgan. Eng past ko‘rsatkichlar Janubiy Sudan, Haiti va Turkmanistonda qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zarafshon daryosidan elektr toki yordamida baliq ovlagan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi
O‘zbekiston | 17:13
-
Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
O‘zbekiston | 17:00
-
Alisher Qodirov maktabda bolalarga “Katyusha” yodlatilgani holati yuzasidan Maktab vazirligidan izoh so‘radi
O‘zbekiston | 16:59
-
«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi
O‘zbekiston | 16:51