Alisher Usmonov yaxtasida tintuv o‘tkazilgani yuzasidan Germaniya sudiga murojaat qildi
Avvalroq, Frankfurt sudi bu tintuvlarni noqonuniy deb topgan edi.

Foto: dpa
Xalqaro sanksiyalar ostida qolgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Germaniya Federal Konstitutsiyaviy sudiga o‘zining «Dilbar» yaxtasida o‘tkazilgan tintuvlar yuzasidan da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda Die Welt yozdi.
Qayd qilinishicha, Usmonov bu tintuvlarni inson qadr-qimmatiga tajovuz va uy-joy daxlsizligi huquqini buzish deb hisoblamoqda.
Bundan tashqari, tadbirkor da’vosida o‘ziga qarshi sanksiyalar qo‘llash uchun «asoslar yo‘qligi»ni, shuningdek, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganidan so‘ng, o‘z aktivlari haqida xabar berishi lozimligi haqidagi qonunning «konstitutsiyaga zid» ekanini ko‘rsatgan. Usmonovning fikriga ko‘ra, qonundagi ushbu band «o‘ziga o‘zi guvohlik bermaslik» to‘g‘risidagi huquqni poymol etadi.
2022 yil sentabrida Germaniya huquq-tartibot idoralari tergovchilari Alisher Usmonovga aloqador bo‘lgan 24 ta obektda tintuv o‘tkazdi. Xususan, tintuvlar Tegernzeye ko‘lidagi villada va «Dilbar» yaxtasida o‘tkazildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, tintuvlar davomida umumiy qiymati besh million yevroga teng 30 ta surat va hujjatlar olib qo‘yilgan.
2023 yil may oyida Frankfurt sudi pul yuvish bilan bog‘liq ish bo‘yicha Usmonovning uyida o‘tkazilgan tintuvlarni noqonuniy deb topdi. Shu bilan birga, Der Spiegel nashri bir ish bo‘yicha tintuvning noqonuniyligini tan olish tadbirkorning hibsga olingan mol-mulkini qaytarish uchun asos bo‘lmasligini ta’kidladi. Chunki tintuvlar bir nechta jinoiy ishlar doirasida o‘tkazilgan. Jumladan, Usmonov sanksiyalarni buzish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda ham gumonlanmoqda.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Alisher Usmonov boshqa ko‘plab rossiyalik tadbirkor va siyosatchilar singari Yevropa Ittifoqi, shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Avstraliya va boshqa mamlakatlarning sanksiyalari ostida qoldi. Usmonov Yevropa sanksiyalarini sud orqali bekor qilinishiga erishmoqchi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "PSJ" "Inter"ga javobsiz 5ta gol urib, o‘z tarixida ilk bor musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 01:49
-
Mashhurlar ishtirokidagi futbol turnirida janjal uyushtirganlardan biri 10 sutkaga qamaldi
Sport | 01:30
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02 / 31.05.2025
Mavzuga oid

22:40 / 31.05.2025
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida

16:55 / 31.05.2025
Rossiya Zaporojiye yo‘nalishida hujum boshladi – Sirskiy

14:42 / 31.05.2025
Rossiya TIV: AQSh Isroilni Falastin davlatini yaratish istiqbollarini yo‘q qilishda qo‘llab-quvvatlayapti

13:41 / 31.05.2025