Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya Ukrainaga 42 dona F-16 bermoqda. Daniya ham o‘z samolyotlarini yuboradi
42 ta F-16 qiruvchi uchoqlari ukrain uchuvchilari va injyenerlari o‘quv mashg‘ulotlarini yakunlagach Niderlandiya tomonidan Ukrainaga yetkazib beriladi. Daniya ham o‘z qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga berishga tayyorlanmoqda, bu mamlakat 19 ta samolyot beradi.
Ukrainalik uchuvchilarni o‘qitish yakunlanganidan keyin Niderlandiya Ukrainaga Amerika tomonidan ishlab chiqarilgan 42 dona F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib beradi. Bu haqda Niderlandiyaga ishchi tashrifini amalga oshirgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.
«Biz [Niderlandiya hukumati rahbari] Mark Ryutte bilan bizning uchuvchilarimiz va muhandislarimizning mashg‘ulotlari yakunlangach, Ukrainaga yetkazib beriladigan F-16 qiruvchilari miqdori bo‘yicha kelishuvga erishdik. 42 ta samolyot. Va bu faqat boshlanishi. Rahmat, Niderlandiya!» — dedi ukrainlar yetakchisi Niderlandiya bosh vaziri bilan muzokaralardan keyin.
Zelenskiy shuningdek o‘z telegram-kanalida Ryutte bilan Eyndhovendagi aviabazada F-16 samolyoti fonida tushilgan selfini joylashtirgan.
Ryutte Zelenskiy bilan birgalikdagi matbuot anjumanida Niderlandiya va Daniya yetkazib berish shartlari bajarilishi bilanoq F-16 samolyotlarini Ukraina havo kuchlariga taqdim etishini aytdi. U may oyida Niderlandiya ukrain harbiylarini F-16 samolyotlaridan foydalanishga o‘rgatishini ma’lum qilganini eslatib o‘tgan.
«Ammo barchaga tushunarliki, samolyotlar bo‘lmasa, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda — samolyotlarda mashq qilinishi uchun avval ularni yetkazib berish kerak», — deya qayd etgan niderlandlar bosh vaziri.
Ryutte Niderlandiya armiyasi ixtiyorida 42 ta F-16 samolyoti borligini aytgan. Reuters agentligiga ko‘ra esa, hozircha ularning barchasi Ukrainaga yetkazilishi haqida gapirishga erta.
Pilotlar aynan qachon mashg‘ulotlarni yakunlashi va Ukraina samolyotlarni qachon olishiga aniqlik kiritilmagan.
Ko‘p o‘tmay Daniya mudofaa vazirligi ham Ukrainaga F-16 samolyotlari yetkazib berilishini va’da qildi.
«Biz F-16 samolyotlarini AQSh va boshqa hamkorlar bilan yaqindan aloqada bo‘lib turgan Ukraina va Ukraina harbiy-havo kuchlariga topshirishga rozimiz», — deyiladi Daniya mudofaa vazirligi xabarida.
Vazirlik qiruvchi samolyotlar berilishi uchun bir qancha shartlar, jumladan, ukrain mutaxassislarini saralash, tekshirish va o‘qitish, shuningdek infratuzilma va logistikani tayyorlash lozimligini qayd etgan.
- Volodimir Zelenskiy va armiyasida Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari mavjud bo‘lgan Yevropa mamlakatlari yetakchilari ularni yetkazib berish bo‘yicha may oyidayoq kelishuvga erishgandi. Gap faqat Yevropa mamlakatlari armiyalaridagi samolyotlar haqida boradi. AQSh o‘z qiruvchilarini yetkazib berish haqida xabar qilmagan.
- Iyul oyida Daniya va Niderlandiya boshchiligidagi 11 mamlakat koalitsiyasi ukrain pilotlarini F-16 boshqarishga o‘rgatishga tayyorligi ma’lum qilindi, ammo buni Vashingtonning rasmiy ruxsatisiz amalga oshirib bo‘lmasdi. Avgust oyi boshida Pentagon bunday ruxsat berilgani haqida e’lon qildi.
- OAV baholariga ko‘ra, Ukrainaga F-16 samolyotlari 2024 yildan oldin yetib kelmaydi. Xususan, The Washington Post nashri yozishicha, ukrain uchuvchilarini o‘qitish faqat yanvar oyida boshlanadi, ungacha esa ular Buyuk Britaniyada ingliz tilini o‘rganish kurslaridan o‘tishi kerak, bu jarayonga to‘rt oy vaqt ketadi. Qiruvchilarni boshqarish bo‘yicha mashg‘ulotlar esa yana yarim yil vaqtni oladi.
- 18 avgust kuni Reuters AQSh Daniya va Niderlandiyadan F-16 qiruvchilarini Ukrainaga yuborishni ma’qullagani xabar qilindi. Daniya mudofaa vazirligi ukrain pilotlari ushbu mamlakatda qiruvchi samolyotlardagi mashg‘ulotlarni avgust oyi oxirida boshlashi haqida ma’lum qildi.
Mavzuga oid
18:40 / 15.06.2026
Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba berdi – fotolar
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026