Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: «Prigojinning o‘limiga Ukrainaning aloqasi yo‘q»
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ilk marta «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojinning o‘limiga munosabat bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Tverdagi aviahalokatga hech qanday aloqasi yo‘q. «Biz dunyo davlatlariga samolyot so‘rab murojaat qilganimizda buni nazarda tutmagandik. Vaholanki, bu ham [bizga] qaysidir ma’noda yordam beradi. Anig‘i shuki, bizning bunga aloqamiz yo‘q. Kimning aloqasi borligini hamma biladi», dedi Ukraina yetakchisi katta ehtimol bilan Vladimir Putinga ishora qilib.
Rossiyaning Tver oblastida qulagan samolyot aynan «Vagner» asoschisi Prigojinga tegishli bo‘lgan. «Rosaviatsiya» ma’lumotiga ko‘ra, samolyotda ro‘yxatdan o‘tganlar ichida Prigojin ham bo‘lgan. Rus nashrlari o‘likxonada Prigojinning jasadi aniqlangani haqida yozishmoqda. Ammo uning o‘limi haqida rasman e’lon qilingani yo‘q.
Mavzuga oid
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
12:28 / 10.07.2026
Tramp Ukrainaga Patriot uchun raketalar litsenziyasini va’da qildi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
12:11 / 06.07.2026