AQSh matbuoti Havayidagi halokatli yong‘inlar sababini aniqladi
Maui orolida yonib ketgan Laxayna shahri yaqinidagi tashlandiq dalalarga beparvolik halokatli yong‘inlarga olib kelgan.

Foto: Tamir Kalifa / The Washington Post
Bunday xulosaga o‘z tekshiruvini o‘tkazgan Washington Post nashri keldi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Laxayna shahrini vayron qilgan yong‘in shahar yaqinidagi tashlandiq, boshqarilmaydigan yer uchastkasidan tarqala boshlagan.
Maqolada ta’kidlanishicha, «Ko‘p yillar davomida yong‘in xavfi haqida qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramay, ehtiyotsizlik va davlat resurslarining yetishmasligi o‘simliklarni boshqarish bo‘yicha mazmunli harakatlarga to‘sqinlik qildi».
Tasmaniya universiteti professori Devid Boumen so‘zlariga ko‘ra, «shahar xuddi portlovchi modda solingan bochka bilan qurshalgan» va «uchqun chiqishini kutgan».
Maui orolida fojiali o‘rmon yong‘inlari 9 avgust kuni boshlandi. Tabiiy ofat allaqachon Qo‘shma Shtatlarda o‘tgan asrdagi eng halokatli deb tan olingan. Yetkazilgan zarar 6 milliard dollarni tashkil qildi. Sayyohlar orasida juda mashhur bo‘lgan Laxayna shahri butunlay yonib ketdi.
Orolning 4,5 ming aholisi uy-joysiz qoldi, 115 kishi halok bo‘ldi, bedarak yo‘qolganlar soni 1100 ga yaqinlashdi. Rasmiylarga ko‘ra, topilgan jasadlar kimga tegishli ekanini aniqlash nihoyatda qiyin. Orol rasmiylari fojiada mahalliy elektr energetika kompaniyasini ayblamoqda, go‘yoki ular elektr tarmog‘ini kerakli shaklda saqlamagan. Bu ko‘plab qisqa tutashuvlarga olib kelgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya sudlari bazasidan kiberhujumdan keyin 89 mln ish yo‘qolib qoldi
Jahon | 10:36
-
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
Jahon | 10:30
-
Yangi Toshkent hududining 30 foizi bog‘ va xiyobonlar uchun ajratiladi
O‘zbekiston | 10:24
-
Korrupsiya xavfini aniqlash bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi
O‘zbekiston | 10:20
Mavzuga oid

08:59
Fuqaroni 30 ming dollar evaziga AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

01:09
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi

22:25 / 14.05.2025
Tramp Qatar bilan 1,2 trln dollarlik iqtisodiy hamkorlik bitimini tuzdi

22:15 / 14.05.2025