O‘zbekiston xalq hofizi Sherali Jo‘rayev vafot etdi
O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev, 4 sentabr kuni 77 yoshida vafot etdi.
O‘zbek qo‘shiqchilik san’ati yana bir namoyandadan ajraldi: O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev, 4 sentabr kuni 77 yoshida vafot etdi.
Hofiz, sozanda, shoir, bastakor Sherali Jo‘rayev 1947 yilning 12 aprelida Andijon viloyatining Asaka tumanida tavallud topgan.
1987 yil O‘zbekiston xalq artisti unvonini olgan. 2018 yilda Sherali Jo‘rayevga Tojikiston xalq artisti unvoni berilgan edi.
Sherali Jo‘rayev Toshkent teatr va rassomchilik institutini, so‘ngra Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutini tugatgan.
Sherali Jo‘rayev o‘zbek davlat estradasi (1972–1973), “Shodlik” ashula va raqs ansambli (1972–1979), Andijon viloyati filarmoniyasi (1979–1986), O‘zbek davlat filarmoniyasi (1986–1996), “O‘zbeknavo” birlashmasida (1999 yildan) yakkaxon xonanda bo‘lgan.
Navoiy nomidagi davlat mukofoti laureati (1991 yil), 2018 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni berilgan.
2022 yilning 12 aprelida Prezident farmoniga binoan o‘zining 75 yillik yubileyida Sherali Jo‘rayev “El-yurt hurmati” ordeni bilan ham taqdirlangan.
Jo‘rayevning qo‘shiqlari o‘zbeklar orasida yaxshi tanilgan. Bugungi kungacha ijro etgan qo‘shiqlari soni 600 dan oshadi.
Sherali Jo‘rayev aksar qo‘shiqlarining kuyini o‘zi bastalagan. Ular orasida “Birinchi muhabbatim”, “O‘zbegim”, “Karvon”, “Achchiq haqiqat”, “Yaralgan”, “Oshiqlar sardori”, “Inson qasidasi”, “Oshiq bo‘ling” va boshqalar bor. Ba’zi qo‘shiqlarining matnini ham o‘zi yozgan. Bular orasida “Bobo Dehqon”, “Zamon”, “Qarashlarga”, “Ona Turkiston”, “Sohibqiron”, “Do‘st bo‘lsang, yonimda tur”, “Qayon ketmoqdasiz?” ashulalari bor.
Kun.uz tahririyati marhumning oila a’zolariga, yaqinlari va san’atining muxlislariga hamdardlik bildiradi.
Mavzuga oid
14:45 / 18.11.2024
Jo‘rayevlar ishida sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi
18:29 / 12.11.2024
Italiyada 2 mingdan ziyod soxta san’at asarlari musodara qilindi
09:30 / 21.09.2024
Huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibot innovatsion usullaridan foydalaniladi
19:15 / 12.09.2024