Global tadqiqotlar havoning ifloslanishi kamayganini tasdiqladi
Xitoy tomonidan havoda qattiq mayda zarrachalar salmog‘ini pasaytirishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar samara bergani aytilmoqda.

Foto: Xinhua
Global ma’lumotlarning tahlili inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan mayda qattiq zarrachalar ta’siri kamayganini ko‘rsatdi. Bu haqda Sent-Luisdagi Vashington universiteti olimlari ma’lum qildi.
Hajmi 2,5 mikrometr yoki undan kichik bo‘lgani uchun PM2.5 deb ataladigan mayda zarrachalar ta’siri butun dunyo bo‘ylab millionlab bevaqt o‘lim, umr ko‘rish davomiyligining qisqarishi va ijtimoiy xarajatlarga olib kelmoqda. Bunga ko‘pincha qazilma va qattiq bioyoqilg‘i yonishi sabab bo‘lyapti.
Olimlar bir qator davlatlar tomonidan PM2.5 chiqindilarini qisqartirish bo‘yicha qabul qilingan strategiyalar samara berganini ta’kidlamoqda. Tadqiqotchilar 1998 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davrdagi ma’lumotlarni tahlil qildi va 2011 yilda burilish nuqtasi sodir bo‘lganini, shundan so‘ng ijobiy dinamika kuzatila boshlaganini aniqladi.
2011 yilgacha PM2.5 ta’sirining sezilarli o‘sishi hamma joyda, asosan Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikada kuzatildi. Ammo 2011 va 2019 yillar oralig‘ida dunyoning boshqa mintaqalarida, jumladan, Yevropa, Osiyo-Tinch okeani, Janubi-Sharqiy Osiyo, Rossiya, Afrika va ayniqsa, Xitoyda sezilarli pasayish kuzatildi.
«2013 yildan boshlab, Xitoy havo sifati nazoratini kuchaytirgani sababli global miqyosda o‘zgarishlar sodir bo‘ldi», dedi tadqiqot bosh muallifi Chi Li.
Qayd qilinishicha, mintaqaviy ma’lumotlarga ko‘ra, 2011 yildan 2019 yilgacha global xavf pasayishi salmog‘ining 90 foizi Xitoyga to‘g‘ri keladi. Buni Xitoy tomonidan PM2.5 konsentratsiyasini pasaytirishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar bilan izohlash mumkin.
Tadqiqotchilar, shuningdek, PM2.5 bilan bog‘liq global o‘limning kamayishini aniqladilar. Olimlarning fikriga ko‘ra, bu 2,65 million o‘limni kechiktirishga yordam berdi.
Olimlar fikriga ko‘ra, hozirgi vaqtda sun’iy yo‘ldoshlar va yerdagi o‘lchovlar orqali global PM2.5 monitoringi imkoniyatlarini saqlab qolish va rivojlantirishni davom ettirish zarur. Chiqindilarni kamaytirishdagi muvaffaqiyat barcha sa’y-harakatlarning samarasini ko‘rsatib, kelgusidagi ishlarni rag‘batlantiradi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Turkiyaga nega «ikkinchi tarkib»ni yubordi?
Jahon | 19:17
-
Toshkentdagi CAEx Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmalar markazida O‘zbekiston energetika haftaligi – UEW 2025 bo‘lib o‘tdi
Jamiyat | 19:00
-
Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga ChatGPT’dan foydalanish taqiqlandi
Jahon | 18:30
-
Britaniya va Germaniya hamkorlikda yangi qurol yaratadi
Jahon | 18:28
Mavzuga oid

15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi

14:43 / 19.03.2025
Global isish nafas olish tizimi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda

10:01 / 17.03.2025
2024 yil xalqaro reytingda Toshkent havo iflosligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi

10:04 / 16.03.2025