Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi
15 sentabr holatiga ko‘ra, mamlakatda 100 yoshdan oshgan fuqarolar soni 92139 nafarni tashkil qildi.

Foto: AP
100 yoshdan oshgan Yaponiya aholisi soni 92 mingdan ortdi, bu mamlakatning so‘nggi 53 yildagi rekordi hisoblanadi. Bu haqda Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligiga tayanib TASS xabar berdi.
15 sentabr holatiga ko‘ra, mamlakatda 100 yoshdan oshgan fuqarolar soni 92139 nafarni tashkil qilgan. Yaponiyada bir asrni ko‘rgan fuqarolar soni 50 yildan beri o‘sib bormoqda. Bu yil ushbu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan deyarli 1500 kishiga ko‘p.
100 yoshdan oshganlar umumiy sonining 88,5 foizini ayollar tashkil etadi - 81,5 mingdan ortiq. Erkaklar soni 10,5 mingdan ortiq.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil 100 yoshini Yaponiyaning 47107 fuqarosi nishonlaydi. Ularga hukumat tomonidan tabrik xatlari va esdalik sovg‘alari topshiriladi.
Yaponiyadagi eng keksa ayol - 116 yoshli osakalik Fusa Tatsumi, eng keksa erkak - tibalik 111 yoshli Gisaburo Sonobe. Mamlakatda har 100 ming kishiga 100 yoshdan oshgan o‘rtacha 73 kishi to‘g‘ri keladi — Yaponiya yuz yoshlilar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
O‘zbekiston | 09:24
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi
O‘zbekiston | 08:34
-
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj
Jamiyat | 07:53
Mavzuga oid

11:21 / 16.05.2025
Tokioda O‘zbekistonning besh nafar fuqarosi qo‘lga olindi

18:09 / 04.05.2025
Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni keskin qisqarib ketdi

22:33 / 28.04.2025
Fuji tog‘iga chiqishga uringan xitoylik talaba to‘rt kun ichida ikki marta qutqarildi

00:43 / 25.04.2025