Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask miyasiga Neuralink chipini o‘rnatishga rozi odamlarni izlamoqda
Neuralink kompaniyasi o‘z tadqiqotlari uchun miyasiga chip o‘rnatishga rozi bo‘ladigan odamlarni izlamoqda. Avvalroq, AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika nazorati idorasi (FDA) odamlarda sinov o‘tkazishga ruxsat bergan edi.

Foto: Neuralink
Neuralink milliarder Ilon Mask kompaniyasi bo‘lib, falajni nazorat qilish qurilmalari orqali odamlarga yordam berish dasturini sinovdan o‘tkazmoqda.
Kompaniya 22 yoshdan oshgan va umurtqa pog‘onasi jarohatidan keyin falajlangan, shuningdek, o‘ziga qarovchi ishonchli hamshiraga ega odamlarni qidirmoqda.
Tadqiqot dasturi hisoblanmish PRIME (Precise Robotically Implanted Brain-Computer Interface) doirasida uchta narsa o‘rganilishi kerak: birinchisi, N1 implanti, Neuralink kompaniyasining «miya-kompyuter» qurilmasi. Ikkinchisi R1 jarrohlik roboti bo‘lib, qurilmani implantatsiya qiladi. Uchinchisi, N1 User App ilovasi, N1 orqali miya signallarini kompyuter harakatlariga aylantiradi. Neuralink kompaniyasi tizimning barcha uch qismi xavfsizligi va samaradorligini sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda.
PRIME ishtirokchilari dastlab 18 oylik tadqiqotda ishtirok etadi. Shundan so‘ng, ular haftasiga kamida ikki soat «miya-kompyuter» interfeysi tadqiqot seanslarini o‘tkazadi. Keyingi besh yil ichida yana 20 marta tadqiqotchilar bilan uchrashadi.
Neuralink kompaniyasi faqat «tadqiqot bilan bog‘liq xarajatlar»ni, masalan, sinov o‘tkaziladigan joyga safar xarajatlarini qoplashga tayyorligini ma’lum qilgan.
Neuralink miya chiplarini odamlarda sinab ko‘rishni rejalashtirayotgani haqida Mask 2019 yildan beri bir necha bor xabar bergan. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan implantlar falaj va ko‘rlikka duchor bo‘lgan bemorlarga yordam berishi mumkin. Neuralink vakillari falaj bo‘lgan bemorlarga kompyuter matni orqali uni yozmasdan muloqot qilish imkonini beruvchi mexanizm yaratishni o‘z maqsadlaridan biri deb e’lon qilgan.
Neuralink 2016 yilda tashkil etilgan. Uning taxminiy qiymati 1 milliard dollardan oshadi. 2021 yil aprel oyida kompaniya miyasiga chip o‘rnatilgan maymunni ko‘rsatdi. Hayvon kompyuter monitoridagi kursorni fikr kuchi bilan boshqardi va stol tennisi o‘ynadi.
Neuralink kompaniyasining eng muvaffaqiyatli raqobatchisi Synchron bo‘lib, u allaqachon falaj bo‘lgan bemorlarga yordam berish uchun mo‘ljallangan BCI implantini odamlarda sinab ko‘rish uchun ruxsat olgan va bir nechta operatsiyalarni amalga oshirgan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jaziramadan dengizga: nega Bali, Maldiv va Turkiyani tanlashadi?
Jamiyat | 17:22 / 18.07.2025
-
Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar, Hamasning bayonoti va Suriya bilan sulhga rozi bo‘lgan Isroil – kun dayjesti
Jahon | 13:12
-
Rossiya Adliya vazirligi Activatica portalini «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritdi
Jahon | 12:41
-
Yunusobodda 5 kgdan ortiq narkotiklar savdosining oldi olindi
O‘zbekiston | 12:30
Mavzuga oid

18:02 / 14.07.2025
SpaceX Maskning sun’iy intellekt kompaniyasiga 2 mlrd dollar investitsiya kiritadi

21:29 / 10.07.2025
Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi

22:16 / 09.07.2025
Linda Yakkarino X ijtimoiy tarmog‘i bosh direktorligidan ketdi

17:42 / 09.07.2025