Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga ko‘rsatilayotgan harbiy yordamni nazorat qiluvchi guruh tuzdi
Jamoaga AQSh Mudofaa vazirligi bosh inspektori Robert Storch boshchilik qiladi.
Foto: Reuters
AQSh Ukraina harbiy yordamdan qanday foydalanayotganini tekshirish uchun guruh tuzdi. Amerika harbiy yordami ustidan Mudofaa vazirligi bosh inspektori Robert Storch nazorat o‘rnatadi. Bu haqda Pentagon xabar berdi.
18 oktyabrdan Storch Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga javoban NATO ittifoqini mustahkamlash maqsadida 2014 yilda Qo‘shma Shtatlar tomonidan boshlangan «Atlantic Resolve» operatsiyasining bosh inspektori bo‘lib ishlaydi.
U AQSh harbiy yordami bo‘yicha «har tomonlama va samarali nazoratni ta’minlash» bilan shug‘ullanadi. Robert Storch Ukrainaga boradi Qo‘shma Shtatlarning Kiyevga xavfsizlik yordamini kuzatib boruvchi guruhni bevosita joyida boshqaradi.
2023 yil 6 avgust holatiga ko‘ra, AQSh tomonidan Ukrainaga berilgan umumiy yordam miqdori allaqachon 66,2 milliard dollarga yetgan. II Jahon urushidan keyingi Marshall rejasidan beri Qo‘shma Shtatlar hech kimga bunchalik yordam ko‘rsatmagan. Umumiy yordamning 43,1 milliard dollari harbiy sohaga, 20,5 milliard dollar iqtisodiy sohaga yo‘naltirilgan. Yana 2,6 milliard dollari gumanitar yordamdir.
Mavzuga oid
22:12 / 13.03.2026
AQSh Yaqin Sharqqa 5000 dengiz piyodasi va qo‘shimcha kemalarni yuboradi
21:50 / 13.03.2026
Rossiya neft eksportiga qo‘llanayotgan cheklovlar yumshatildi
21:44 / 13.03.2026
Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti endi o‘zini qiziqtirmasligini aytdi
18:11 / 13.03.2026