Dunyo bo‘yicha har 8 bolaning bir nafari ultra qayta ishlangan mahsulotlarga mukkasidan ketgan – tadqiqot
Katta yoshdagi kishilarning 14 foizi ultra qayta ishlangan mahsulotlarga o‘rganib qolgan bo‘lsa, bu bolalarda 12 foizni tashkil qilyapti. Ekspertlar muammoni chuqurroq o‘rganishga da’vat qilishyapti.
Balog‘atga yetgan har 7 kishidan 1 nafari va har 8 boladan bittasi qayta ishlanadigan mahsulotlarga o‘rganib qolgan bo‘lishi mumkin, deb yozyapti Guardian nashri. Oxirgi tadqiqotlar muzqaymoq, gazli ichimliklar va tayyor ovqatlar saraton, ortiqcha vazn va yurak kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkinligini isbotlagan.
36 ta mamlakatda o‘tkazilgan 281 ta tadqiqot tahlili shuni ko‘rsatdiki, “o‘ta qayta ishlangan oziq-ovqatga qaramlik” kattalarning 14 foizida va bolalarning 12 foizida uchraydi.
“Qayta ishlangan oziq-ovqatlarning qaysi turlarida o‘ziga qaramlikni paydo qiluvchi moddalar bor ekanligini aniqlasak, global salomatlikni yaxshilashga yordam bera olgan bo‘lamiz”, – deydi AQShning Michigan universiteti professori Ashley Gearhardt.
Ma’lumot uchun, ultra qayta ishlangan mahsulotlar deb 5 ta yoki undan ortiq ingrediyent qo‘shib tayyorlanadigan oziq-ovqatlarga aytiladi. Bunday ingridiyentlar odatda uy sharoitida pishiriladigan oziq-ovqatlarga qo‘shilmaydi. Ular konservantlar, ta’m beruvchilar, sun’iy rang beruvchi kabilar hisoblanadi. Olimlar aksar qayta ishlangan mahsulotlar tarkibida o‘ziga o‘rgatib qo‘yuvchi moddalar bor deb hisoblaydi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yana bir avtosalon egasi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 19:54 / 24.01.2025
Daniya, AQSh yoki mustaqillik: Grenlandiya "kimniki?"
Jahon | 17:40 / 24.01.2025
2025 yilgi global xatarlar qaysi? Jahon iqtisodiy forumi hisoboti
Iqtisodiyot | 21:23 / 23.01.2025
Donald Trampning qaytishi qanday oqibatlarga olib keladi?
Jahon | 20:30 / 23.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gvardiola Husanovning debyuti haqida: «Har qanday o‘yinchi xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, u hali yosh va albatta o‘rganadi»
Sport | 01:58
-
Germaniyalik muhandis suv ostida 120 kun yashab, rekord o‘rnatdi
Jahon | 01:50
-
Niderlandiyada muzeydan namoyishga qo‘yilgan Ruminiya xazinalari o‘g‘irlab ketildi
Jahon | 01:32
-
G‘arbiy sohilda Isroil ozod qilgan falastinliklar tantana bilan kutib olindi - video
Jahon | 01:00
Mavzuga oid
14:21 / 10.12.2024
Ukraina RF va egallab olingan hududlardan 5 nafar bolani qaytardi
11:33 / 23.11.2024
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni joylashtirishning muqobil shakllari joriy etilmoqda
10:53 / 16.11.2024
Hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan bolalar ota-onasidan olib qo‘yilishi mumkin
08:10 / 26.10.2024