Belgiyada shvetsiyalik muxlislarni o‘ldirgan shaxsning shifoxonada joni uzildi – OAV
Politsiya bilan otishmada u yaralandi, keyinchalik shifoxonada vafot etdi.

Foto: Reuters
Belgiya poytaxti Bryussel shahri politsiyasi futbol o‘yinidan oldin shvetsiyalik ikki nafar muxlisini o‘ldirishda gumon qilingan 45 yoshli tunislik erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda Belgiyaning RTBF telekanali xabar berdi.
Gumonlanuvchi kafeda qo‘lga olingan, otishma chog‘ida u yaralangan. Keyinchalik shifoxonada vafot etgan.
Belgiya Ichki ishlar vaziri Annelis Verlinden so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi yonidan topilgan qurol shvetsiyalik muxlislarni otishda foydalanilgan qurol bilan bir xil bo‘lgan.
«Bu haqiqiy jinoyatchi qo‘lga olingani ehtimolini oshiradi. Biz 100 foiz ishonch hosil qilish uchun barmoq izlarini ham tekshiramiz», deb uning so‘zlarini keltirdi Reuters.
16 oktyabr oqshomida, Belgiya va Shvetsiya o‘rtasida futbol bo‘yicha Yevropa chempionati saralash o‘yinidan oldin, Bryusseldagi «Eyzel» stadionidan taxminan 5 km uzoqlikda Shvetsiyaning ikki fuqarosi otib o‘ldirildi. Otishma haqida o‘yin tanaffusi vaqtida xabar tarqaldi. Shundan so‘ng, o‘yin davom ettirilmadi.
Belgiya matbuoti jinoyatchi «Islomiy davlat» tarafdori bo‘lgani haqida yozdi. Belgiya bosh vaziri Aleksandr De Kro voqeani terakt deb atadi. Mamlakat rasmiylari mamlakatda terrorchilik xavfi darajasini maksimal darajaga ko‘tardi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yer qarida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
Jahon | 00:12
-
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
Jahon | 23:20 / 25.05.2025
-
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 22:35 / 25.05.2025
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46 / 25.05.2025
Mavzuga oid

20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi

00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi

21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi

10:40 / 05.05.2025