Gurjiston parlamenti prezident Zurabishviliga impichment e’lon qilolmadi
Impichment taklifi parlamentda yetarli ovoz to‘plamadi.

Foto: AP
Gurjiston parlamenti prezident Salome Zurabishviliga impichment e’lon qilolmadi, deb xabar berdi Gurjiston «Birinchi» telekanali. Impichment e’lon qilish uchun Gurjiston parlamentining 150 nafar deputatidan 100 nafari yoqlab ovoz berishi kerak edi.
18 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 86 nafar deputat impichmentni qo‘llab-quvvatladi, bir nafari qarshi ovoz berdi. Parlamentning qolgan a’zolari ovoz berishda qatnashmadi.
Jarayon parlamentda 84 o‘ringa ega bo‘lgan hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi tomonidan boshlangan edi.
Ovoz berish boshlanishidan oldin «Gurjiston orzusi» parlament fraksiyasi rahbari Irakliy Kobaxidze deputatlar oldida so‘zga chiqib, impichmentni qo‘llab-quvvatlovchi dalillarni taqdim etdi. Keyin Salome Zurabishvili nutq so‘zladi. Gurjiston prezidenti nutqdan so‘ng deputatlar savollariga javob berishdan bosh tortdi.
Gurjiston parlamenti o‘z tarixida birinchi marta prezidentga impichment e’lon qilishga urindi. Jarayon Konstitutsiyaviy sud tomonidan tegishli ruxsat berilganidan so‘ng boshlandi, u Zurabishvili hukumatning roziligisiz xorijga chiqqanida va rasmiylar bilan uchrashganida Gurjiston Konstitutsiyasining 52-moddasini buzganini tan olgan.
Salome Zurabishvili 2018 yilning 16 dekabridan buyon Gurjiston prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. U bir necha bor hukumat qarorlarini ochiqchasiga tanqid qilgan.
Parlament respublikasi bo‘lgan Gurjistonda prezidentning vakolatlari qonun bilan cheklangan.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

18:34 / 01.05.2025
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi

21:12 / 29.04.2025
Tramp jamoasi uchinchi ehtimoliy impichmentga tayyorgarlikni boshladi

16:50 / 25.04.2025
Gurjiston sobiq bosh vaziri va hukmron partiya raisi Irakliy Garibashvili siyosatdan ketishini e’lon qildi

11:39 / 18.04.2025