Polsha prezidenti kortejidagi mashinadan josuslik mayog‘i topildi - OAV
Avtomobilga manzilni onlayn kuzatish imkonini beruvchi qurilma o‘rnatilgani aniqlangan.

Foto: AP
Polsha Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari mamlakat prezidenti Anjyey Duda ma’muriyati mashinasidan josuslik kuzatuv moslamasini topishdi. Ushbu mashina prezidentning Ukrainaga safari chog‘ida kortejga kiritilgan edi, deb yozdi Tvn24.
Qayd qilinishicha, mashinaga manzilni onlayn kuzatish imkonini beruvchi qurilma o‘rnatilgan. Xavfsizlik mutaxassislari an’anaviy tarzda avtomobildan portlovchi moslamani izlagan paytda, shunday qurilmani topib olishgan. Uni mashinaga kim va qachon o‘rnatgani ma’lum emas.
Tvn24 xabariga ko‘ra, gap prezidentning limuzini haqida ketayotgani yo‘q. Mashina ushbu qurilma bilan bir necha oy davomida harakatlangan bo‘lishi mumkin. Bu vaqt ichida u ko‘pincha prezident kortejiga, jumladan, Ukrainaga qilgan safari vaqtida ham kiritilgan.
Duda korteji odatda uchta mashinadan iborat: davlat rahbari minadigan asosiy mashina va ikkita xavfsizlik mashinasi. Ulardan biri oldinda, ikkinchisi orqada harakatlanadi. Xavfsizlik xizmatining roziligi bilan kolonna tarkibiga boshqa mashinalar ham kiritilishi mumkin, masalan, prezident devoni mansabdor shaxslariniki.
Tvn24 prezident devonidan holat bo‘yicha ma’lumot so‘ragan. Ammo matbuot xizmati so‘rovga javoban «Polsha Respublikasi prezidenti xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha izoh bermasligini» ta’kidlagan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriya banknotlarini Rossiyada bosib chiqarishni to‘xtatmoqchi
Jahon | 11:34
-
Jahon banki O‘zbekistonga elektr tarmoqlari modernizatsiyasi uchun 100 mln dollar ajratadi
O‘zbekiston | 11:18
-
Sud Trampning migrantlarni chiqarib yuborish rejasini rad etdi
Jahon | 11:04
-
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktori tayinlandi
O‘zbekiston | 10:37
Mavzuga oid

21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi

13:15 / 13.05.2025
Londonda olti bolgar Rossiya foydasiga josuslik qilganlik uchun qamaldi

00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi

11:04 / 10.05.2025