TikTok videolar uzunligini 15 daqiqaga yetkazmoqchi
Ba’zi foydalanuvchilar yangilikni allaqachon qo‘llab ko‘rmoqda.

Foto: AFP / Getty Images
TikTok foydalanuvchilarga 15 daqiqalik videolarni yuklash imkoniyatini berishni sinovdan o‘tkaza boshladi. Kompaniya tanlab olingan hududlarda cheklangan foydalanuvchilar guruhi o‘rtasida sinov o‘tkazmoqda. Yangi variant ilovadagi video davomiyligini 10 daqiqadan 15 daqiqagacha oshiradi.
O‘zgarishlar haqida birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoq eksperti Mett Navarra xabar berdi. Uning skrinshoti shuni ko‘rsatadiki, TikTok foydalanuvchilari ilova yoki ish stoli versiyasi orqali platformaga uzunroq videolarni yuklashi mumkin.
TikTok eng mashhur qisqa video platformasi sifatida shuhrat qozongandi, ammo vaqt o‘tishi bilan xizmat uzoqroq formatlarni o‘zlashtira boshladi. Dastlab kompaniya 15 soniyali videolarga ruxsat berdi, keyinchalik ularning uzunligi 60 soniyaga yetkazildi. Fevral oyida kompaniya videoning maksimal uzunligini 3 daqiqadan 10 daqiqagacha oshirdi.
Uzoq davom etadigan videolar foydalanuvchilarga ovqat retseptlari, go‘zallik bloglari, ta’lim va komediya mazmunidagi kontentlarda asqotishi mumkin. Hozir agar video 10 daqiqadan uzoqroq bo‘lsa, ijodkorlar tomoshabinlarni videoning ikkinchi qismiga yo‘naltiradi. Endi mualliflar foydalanuvchilarga namoyish qilish uchun bir qancha videoni yaratishi shart emas.
E’lon qilingan o‘zgarish TikTok platformasini YouTube bilan raqobatini yanada oshiradi. Ushbu yangilik bilan TikTok odatda YouTube tarmog‘ida kontent joylashtiradigan video mualliflarini jalb qilmoqchi ekanini ko‘rsatadi.
Avvalroq, Google videoxostingi ham YouTube Shors qisqa videolar bo‘limini ishga tushirgan edi. Keyin TikTok gorizontal to‘liq ekran rejimini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Natijada, so‘nggi bir necha yil ichida ikki kompaniya o‘rtasidagi farqlar deyarli yo‘qoldi.
Ehtimol, uzun videolar TikTokda unchalik qiziqish uyg‘otmasligi mumkin. Chunki odamlar aynan qisqa videolar uchun platformaga oqib kelgan. Hozircha, kompaniya barcha foydalanuvchilarga uzun videolarni joylashtirish imkoniyatini joriy etish rejalarini e’lon qilmadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jahli chiqqan Japarov, matbuotdagi “jiddiy ahvol” va g‘alaba paradlari – Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 10:57
-
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi
O‘zbekiston | 09:54
-
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi
O‘zbekiston | 07:52
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
Mavzuga oid

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

10:48 / 24.04.2025
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi

17:41 / 14.04.2025
YouTube qisqa videolarni o‘z o‘ziga taqiqlash funksiyasini sinovdan o‘tkazadi

23:52 / 04.04.2025