Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Isroilni o‘z xaritalaridan «o‘chirib tashladi»
Qayd qilinishicha, Isroilning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari daxlsiz qolgan, faqat nomi yo‘qolgan.
Xitoyda mavjud dunyo onlayn xaritalaridan Isroil nomi yo‘qoldi. Buni xitoylik internet foydalanuvchilari payqadi, deb yozdi The Wall Street Journal.
Xususan, Xitoyning Baidu qidiruv tizimi xaritalarida va Alibaba kompaniyasining Amap onlayn-xaritalarida Isroil yo‘qolib qolgan.
Qayd qilinishicha, Isroilning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari daxlsiz qolgan, faqat nomi yo‘qolgan. Shu bilan birga, boshqa barcha davlatlar nomi, shu jumladan Lyuksemburg yoki Monako kabi mitti davlatlar nomi hali ham to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
WSJ nashrining ta’kidlashicha, bu o‘zgarishlar «Pekinning mintaqadagi noaniq diplomatiyasiga mos keladi».
Avvalroq, BMT Bosh Assambleyasi G‘azo sektoridagi «urushni tugatish» uchun «zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish»ga chaqiruvchi rezolyutsiyani ko‘pchilik ovoz bilan ma’qulladi. Uni 120 davlat, jumladan Xitoy ham yoqladi, 14 davlat qarshi chiqdi, 45 davlat betaraf qoldi.
Mavzuga oid
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026