«Oltin to‘p» sohibi Liberiyada prezidentlik saylovida mag‘lub bo‘ldi
Jorj Vea prezidentlik lavozimiga qayta saylana olmadi.

Foto: AFP
1995 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Jorj Vea Liberiya prezidenti saylovida yutqazdi.
France24 xabariga ko‘ra, Vea raqibi Jozef Bokaydan 28 ming kam ovoz to‘pladi. Shundan so‘ng, saylovda mag‘lubiyatga uchraganini tan olib, bayonot bilan chiqdi.
«Liberiya xalqi o‘z tanlovini amalga oshirdi. Biroq, ovoz berish natijalarining bir-biriga juda yaqinligi mamlakatimiz ichida chuqur bo‘linish borligidan dalolat beradi. Keling, kelishmovchiliklarimizni yengib, bir xalq, bir millat sifatida birlashaylik», dedi Vea.
Futboldagi professional faoliyati davomida Vea «Monako», «Pari Sen-Jyermen», «Milan» va boshqa jamoalarda o‘ynagan. U dunyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan yagona afrikalikdir.
Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, Vea insonparvarlik va siyosiy faoliyat bilan shug‘ullandi. 2005 yilda Liberiya prezidentligiga nomzodini qo‘ydi. Ammo ikkinchi turda Afrika tarixidagi birinchi ayol prezident bo‘lgan 67 yoshli Helen Jonson Serlifga yutqazdi.
2017 yilda ikkinchi marta saylovda ishtirok etib, Jozef Bokayga qarshi kurashda g‘alaba qozondi va Liberiyaning 25-prezidenti bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi oshadi
O‘zbekiston | 11:57
-
Masxaralangan ta’lim vaziri va mustaqilligi uchun kurashayotgan universitet – Harvarddagi mojaro
Jahon | 11:20
-
Internetda bolalar himoyasi: Buni ta’minlashning imkoni bormi?
O‘zbekiston | 11:20
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 10:44
Mavzuga oid

10:50 / 01.11.2024
France Football bosh muharriri Vinisius nega «Oltin to‘p» yutmaganini tushuntirdi

15:33 / 30.10.2024
Vinisiusning fanatlari nafratini Rodrining «adash»lariga sochishdi

16:30 / 29.10.2024
Egasini topgan «Oltin to‘p». Yoki «Real»ga nisbatan adolatsizlik qilindimi?

02:55 / 29.10.2024